INQIROZ— taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul.
Har qanday ob’ekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi.
Har qanday tizim (ob’ekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondoshish kerak.
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro‘y beradi, ba’zan esa hammasi kompleks tarzda ba-ravar bo‘ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy inqirozi boshlanadi.
Iqtisodiy turg‘unlik bu - bir necha oy davomida iqtisodiyotning barcha sektorlarida sezilarli pasayish demakdir.
Buni sanoat ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash, real daromad va ulgurji-chakana savdoda ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro byuro (IBER) bu holatni retsessiya deb atashga majbur bo‘lmasa-da, iqtisodiy turg‘unlikning texnik ko‘rsatkichi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (Yaim) tomonidan o‘lchanadigan salbiy iqtisodiy o‘sishning ketma-ket ikki choragidir.
Iqtisodiy turg‘unlik biznes siklinining bir turi bo‘lib yoqimsiz bo‘lsada normal holat hisoblanadi.
Ammo iqtisodiy inqiroz vaqtida bu turg‘unlik tepki vazifasini bajarishi mumkinligi tufayli xavflidir.
2007-2009- yillardagi global iqtisodiy turg‘unlik ko‘plab moliya institutlari va investorlarning zarar ko‘rishiga olib keldi.
Ko‘plab davlatlar kelajakda virtual pul aylanmalaridagi zararni kamaytirish maqsadida ushbu inqirozdan saboq chiqarib qarorlar qabul qilishdi.
Odatda, iqtisodiy turg‘unlik 6 oydan 18 oygacha davom etishi mumkin.
Ketma-ket ikki chorakdagi yalpi ichki mahsulot darajalari iqtisodchilar tomonidan hisoblangandan keyin, iqtisodda turg‘unlik bormi yo‘qmi, agar bo‘lsa undan qochish choralari mavjudliligi tahlil qilinadi.
Bu ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: yetakchi ko‘rsatkichlar va kechikish ko‘rsatkichlari.
Yetakchi ko‘rsatkichlar turg‘unlikdan oldin rasmiy ravishda e’lon qilinadi. Eng keng tarqalgan yetakchi ko‘rsatkich bu - fond bozoridagi aksiyalardir.
"Dow Jones Industrial Average" (DJIA) va "Standart & Poor's" (S&P) 500 indeksi kabi keng miqyosdagi qimmatli qog‘ozlar indekslarining pasayishi, turg‘unlik shakllanishidan bir necha oy oldin paydo bo‘ladi. Xuddi shu holat 2007-yilgi iqtisodiy turg‘unlik boshlanishidan 4 oy oldin yuz bergan edi.