TALAB VA TAKLIF — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari.
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, iste’molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlari.
Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.
Rasman olganda talab iste’mol kattaligi mik,doridir.
Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moe ravishda talab hosil bo‘ladi. Macalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, o‘sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, me’yordagi va boshqa talablarga bo‘linadi.
Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar to‘plamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi.
Muayyan tovarga yoki tovarlar to‘plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yig‘indisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.
Talab mikdorining o‘zgarishiga bir kancha omillar ta’sir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir.
Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar mikdorining o‘sishi va aksincha, narxning o‘sishi xarid mikdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif— muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar mikdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning o‘z tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi.
Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud: narx qanchalik yuqori bo‘lsa, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha ko‘proq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
Masalan, 10 so‘m narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 so‘mga ko‘tarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar ko‘payadi, agar narx 20 so‘mga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining o‘zgarishlari taklif egri chizig‘ida bir nuqtadan ikkinchisiga ko‘chishida o‘z ifodasini topadi.
Egri chiziqning ijobiy og‘ishi tovar narxi bilan uning taklifi mikdori o‘rtasidagi bevosita bog‘liqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning o‘z narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish. zarur bo‘lgan resurslar narxlari; qo‘llaniladigan texnologiya;
solikdar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar o‘zgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, resurslarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi o‘sishini rag‘batlantiradi.
Taklifning o‘ziga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘zgarishlariga, birinchi navbatda, narx o‘zgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘lishidir.
Bu aloqadorlik talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonuni hisoblanadi.
Talab va taklif qonuniga ko‘ra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki o‘zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga mos kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi.
Bu qonun ayirboshlash qonuni bo‘lib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga ko‘tariladi.
Unga ko‘ra bozordagi talab o‘zgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak.
Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur’atlar va tuzilmasi tashkil topadi.
Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga ta’sir etish orkali foydalanadi.
Talab va taklif va t. qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.