Talabning egiluvchanligi Talabning narxga nisbatan elastikligi (egiluvchanligi). Marketing bo‘yicha mutaxassislar narx elastikligi konsepsiyasini talabning narxning o‘zgarishiga javob berishi sifatida tushunishlari lozim.
Nima talabning narxga nisbatan elastikligini belgilaydi?
Tovar o‘z jixatlariga binoan takrorsiz yoki u yuqori sifat, obro‘ga ega bo‘lib, odatdan tashqaridagi tovar bo‘lgan holda haridorlar narxga nisbatan kamroq sezgir (egiluvchan) bo‘lishadi.
Mehmonxona tarmoqlari mijozlarda o‘z takliflarining takrorlanmasligi taassurotini qoldirish uchun o‘z savdo markalarini differensiyalashsa, uni alohida xususiyatlarga ega qilishga intilishadi. Shuningdek, o‘rinbosar tovarlarni topish qiyin bo‘lgan hollarda ham iste’molchilar narxga nisbatan kamroq egiluvchan bo‘lishadi.
Ogayo shtatining Kolumbiya shaxridagi NEIL HOUSE mehmonxonasining yopilishi bilan bu shaharda yakka qolgan STOUF-FERS HOTEL banketlar o‘tkazish uchun yuqori narxlar belgiladi.
Bu shaharda yangi mehmonxonalar kurilib, raqobatchilar paydo bo‘lmaguncha, mehmonxona bunday afzallikdan foydalanib turdi.
Agar talab elastik bo‘lsa, qoidaga binoan sotuvchilar narxlarni pasaytirish masalasini ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishadi.
Bunday holda, pastroq narxlar umumiy natijada yuqoriroq daromad beradi. Bunday amaliyot tovarning ko‘plab miqdorda chiqarish va sotishning kushimcha harajatlari natijasida olinadigan qo‘shimcha daromad miqdoridan ortmagan holdagina o‘rinli bo‘ladi.
2. Mikroiqtisodiyot MIKROIQTISODIYoT (yun. mikros kichik va iqtisodiyot) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganadigan bo‘limi; mikroiqtisodiyot o‘rganadigan asosiy ob’ektlar — uy xo‘jaligi va nisbatan katta bo‘lmagan korxonalardir.
Jahon statistikada uy xo‘jaliklariga birgalikda yashovchi kishilar gurux/tri yuritadigan umumiy xo‘jalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xo‘jalik oila, ya’ni erkak va ayol nikohiga yoki qon qarindoshlikka asoslangan kichik guruxdir.
1) i. ch. omillarini (mas, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qo‘yilgan pul foizi, aksiya daromadi va b.) daromad olish;
2) uy xo‘jaligini yuritish (yordamchi q. x. da ishlash, iste’mol mollari va xizmatlarni xarid qilish, oziq-ovqat va boshqalar, mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalanish);
3) bolalarni tarbiyalash;
4) «tashqi» iqgisodiy aloqalar (davlatga soliq to‘lash, transfert to‘lovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul jo‘natmalari, va boshqalar. olish) kiradi.
Mikroiqtisodiyot o‘rganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik tashkilotlari — korxonalardir.
Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sirasiga iste’molchilar, xodimlar, kapital qo‘yuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida muhim rol o‘ynaydigan har qanday tadbirkor kiradi.
Mikroiqtisodiyot quyi bo‘g‘inlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, mas, iste’molchilar tovarni xarid qilish to‘g‘risida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar o‘zgarishlari qanday ta’sir ko‘rsatishini; firmalar ish o‘rinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qaerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.
Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo bo‘lishi jarayonidagi o‘zaro munosabatlaridir.
Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantig‘ini tushunishga yordam beradi.
U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablag‘lar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi.
Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatini o‘rganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati va boshqalar. mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday ta’sir etayotganini ochib beradi.