3.Makroiqtisodiyot MAKROIQTISODIYoT (makro… va iqtisodiyot) — bozor xo‘jaligi umumiy nazariyasining bo‘limi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xo‘jalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan ko‘rsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. Jami xo‘jalik bo‘yicha jamlanma, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar makroiqtisodiyot o‘rganadigan ob’ektlar hisoblanadi.
Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida o‘rtacha daromadlar, o‘rtacha ish haqi, inflyatsiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari o‘rtacha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi va tadqiq etadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, bir tomondan, ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni i. ch., taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Shuningdek, o‘sishning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarning pasayishi hamda ortishi sur’atlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham Makroiqtisodiyot predmeti hisoblanadi.
Makroiktisodiy ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish. va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Makroiqtisodiyotning asoslari ingliz olimi J. M. Keynsnint 1936 yilda nashr etilgan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida bayon etilgan.
Hozirgi zamon Makroiqtisodiyot. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yo‘nalish) mavjud, ular o‘rtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.
Talabga bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlar narxlarining o‘zgarishi xam ta’sir kiladi. Masalan, mis bilan aluminiy bir-biri o‘rnini bosadigan tovarlar xisoblanadi, nima uchun deganda, ishlab chikarishda ulardan biri ikkinchisini almashtirishi mumkin.
Agar aluminiy narxi oshsa, misga bo‘lgan talab oshadi.
Boshka tomondan benzin avtomobilga nisbatan tuldiruvchi tovar bo‘ladi, ya’ni ular birgalikda ishlatiladi. Demak, benzin narxining kamayishi yoki oshishi avtomobilga bo‘lgan talabni oshiradi yoki kamaytiradi.
Shu sababli, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini oshishi yoki to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini kamayishi xam talab chizigini o‘ngga siljishga olib keladi.
Ko‘pgina bozorlarda bir vaktning o‘zida xam talab, xam taklif egri chiziklari o‘zgarib turadi.
Iktisodiy o‘sish yukori bo‘lganda iste’molchilar daromadi yukori bo‘ladi, aks xolda daromadlar xam kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo‘lgan talab xam vakt bo‘yicha o‘zgaradi, masalan, mavsumlar bo‘yicha tovarlarga talab; bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o‘zgarishi; did va modaning o‘zgarishiga karab talabning o‘zgarishi. Xuddi shunday, vakt bo‘yicha ish xaki, xom ashyo narxi, kapital mablag kuyishlar xam o‘zgaradi, natijada bu o‘zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir kiladi.
Agar taklif yagona ishlab chikaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif kilinadigan maxsulot mikdori o‘rtasidagi moslik bir qiymatli bo‘la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o‘zgarishiga karab, narxni o‘z foydasiga moslashtirib o‘zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizigini chizganimizda, oshkora bo‘lmasada, bozor erkin rakobatlashgan deb faraz kilamiz
Ma’lumki, tovarga bo‘lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshka tovarlar narxiga boglikdir. Xuddi shunday, taklif tovar narxiga va tovarni ishlab chikarish xarajatiga boglik. Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi.
Lekin, biz shu tovarga talabni yoki taklifini mikdoriy jixatdan o‘sishi yoki kamayishini bilmokchimiz. Agar limon narxi 15% ga oshsa, unga bo‘lgan talab kanchaga o‘zgaradi? Yoki daromad 10% ga oshgandagi talab kanchaga o‘zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz.
Elastiklik - bir o‘zgaruvchining boshka bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov; anikrok kilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishini natijasida boshka bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz mikdorga o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.
Bunga eng muxim misollardan biri bo‘lib, narxga boglik bo‘lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.