Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot



Yüklə 100,91 Kb.
səhifə6/15
tarix17.09.2023
ölçüsü100,91 Kb.
#144533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-mavzu Biznes yuritishda iqtisodiy omillar (2)

5.Bozor va uning turlari
BOZOR - sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste’molni o‘zaro bog‘lovchi mexanizm.
Bozor. ob’ekti nafligi bor tovar va xizmatlar, sub’ekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) bo‘lib, ular firmalar, uy xo‘jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat.
Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar.
Bozorda tovarlar bilan oldis otdi munosabatlari tovar i. ch., tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi.
Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega bo‘ladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, ya’ni T—P; ikkinchisi — tovarni xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, ya’ni P—T.
Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘lash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorga chikadi, u yerda sotilgach, iste’molga kelib tushadi);
qiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurslar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilg‘i, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.);
iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish singari vazifalarni bajaradi.
Bunda talab va taklif, shunga muvofiqligining o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi.
Talab oshib narx o‘ssa, ishlab chiqarish ko‘payadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
Bozor o‘z ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol bozorga ajraladi.
Erkin bozorda sotuvchilar ham, xaridorlar ham ko‘p bo‘lib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi.
Monopol bozorda ozchilik sotuvchilarning hukmronligi o‘rnatilgan bo‘lib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday bozorlar raqobatning sustligi yoki umuman bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash ob’ektining moddiy shakli jihatidan olganda iste’mol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurol aslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, ilmiy g‘oyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) bozorlari mavjud.
Bozor o‘z qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon bozor lariga bo‘linadi.
Tovarlarning chetdan kelish kelmasligiga qarab ochiq bozor, yopiq bozor (ichki Bozor) singari turlari uchraydi.
Oldi sotdi mikdori, ya’ni tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga qarab kengayuvchi bozor va torayuvchi bozorga bo‘linadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan bozorlar mavjud.
Stixiyali bozordan tartibli, rejali tashkil etilgan bozorga o‘tish madaniylashgan jamiyatga xos.
Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz bozor hukmron emas, aksincha boshqariladigan bozor yetakchi mavqega ega.
Iqtisodiyot o‘sgan sari bozor. turlari ko‘payadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil bo‘lib boradi, xaridor ham o‘z daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, Bozorda sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. bozorlar qadimgi Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida to‘g‘ri to‘rtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat bo‘lgan.
Bozor maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan.
Har bir mamlakat bozorlarining me’morligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik o‘rni va savdo sohasidagi an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan.
O‘rta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq bozorlar rivojlangan («suq», «asvok», «chorsu»; Turkiya va Eronda «xon», «bediston» nomi bilan yuritilgan).
Yevropada bozorlar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy bozor, Rossiyada ixtisoslashgan Bozor («Gostiniy dvor»)lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni ko‘pincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma bo‘lgan.
O‘rta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chag‘oniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan.
Ayniqsa, o‘rta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda ko‘p yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar bo‘lgan
Gumbazli timlar eng gavjum chorraha chorsularda joylashgani uchun ham shaharning me’moriy qiyofasini belgilagan.
Yengil yog‘och tomli, ustunayvonli timlar ham ko‘p bo‘lgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-a.), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon timi)dagi timlar misolida kuzatish mumkin.
Samarqand chorsu bozori atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsido‘zlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi do‘konlar joylashgan.
Chorsu bozori gumbazli qilib qurilgan. Savdo do‘konlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa ho‘l mevalar va anvoyi shirinliklar ko‘p bo‘lgan.
Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu bozori (1598—1602)ning to‘rt tomonida qo‘sh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari bo‘ylab to‘rt burchakli xonalar joylashgan. Bozor larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga mo‘ljallangan.
Ba’zan mahsulot shu yerning o‘zida ishlab chiqarilib xaridorlarga sotilgan. Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqalar.
O‘rta asrda Toshkentning markaziy bozorida 3 mingdan ortiq do‘kon maxsus rastalarga joylashgan.
Hozir O‘zbekistonda Bozor asosiy sotiladigan mahsulotlarga ko‘ra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum bozori, ulgurji bozor, mol (chorva mollari) bozor kabi asosiy turlarga bo‘linadi.



  1. Yüklə 100,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin