14
amaliyotni to‗g‗ri yo‗lga boshlovchi kompasdir. Nazariyani shakllanishi
bevosita amaliyotning to‗g‗ri yo‗naltirilishini ta‘minlab beradi.
Har qanday vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, ular
chuqur nazariy bilimga va kasb mahoratiga ega bo‗lishlari zarur.
Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis soliqlarni
o‗rganishda va ularni hayotga to‗g‗ri va to‗liq tatbiq etishda adashmaydi.
Shunday ekan, bu fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari,
kadrlar uchun o‗zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda katta rol
o‗ynaydi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
takomillashtirish
maqsadida quyidagi soliqqa oid qonun hujjatlar mazmun-mohiyatini
chuqur tahlil qilib o‗rganish soliq xizmati xodimlari uchun muhim
hisoblanadi:
-
O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi;
-
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi
―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF-5116-son Farmoni;
-
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi
―O‗zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi to‗g‗risida‖gi PF-5468-son Farmoni;
-
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
26-
sentyabrdagi
―O‗zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5837-son Farmoni;
-
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi
―Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va
soliq organlari faoliyati
samaradorligini oshirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖
PF-6098-son Farmoni;
15
-
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi
―Soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4389-sonli qarori;
-
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
28-avgustdagi ―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy
tartibga solishni yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 677-sonli qarori.
Shuningdek, ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining kadrlarni
tayyorlashdagi o‗rni va ahamiyati shundan iboratki, bo‗lajak davlat soliq
xizmati organlarining rahbar va mas‘ul xodimlari yoki umuman olganda,
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining rahbar va mas‘ul xodimlari
tomonidan amaliyotda har qanday vaziyatda va qisqa muddatda soliq
sohasida oqilona qarorlar qabul qilishda mazkur fan doirasida
o‗zlashtiriladigan bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xodimlar tomonidan soliqqa oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqishda soliqlarning kelib chiqishi va tabiati,
shuningdek, tarixda soliq sohasida
yuzaga kelgan munosabatlar, ro‗y
bergan tarixiy voqea va hodisalarni inobatga olish va ular asosida ishlab
chiqish hamda takliflar shakllantirish hozirgi davr talabidir.
Soliq
sohasida
yetishib
chiqadigan
malakali
kadrlar
va
mutaxassislar tomonidan fan doirasida olgan nazariy, huquqiy, uslubiy
va tarixiy bilimlari hamda amaliy ko‗nikmalari hozirgi kundagi soliq
munosabatlarini samarali tartibga solishda va ularga obyektiv baho
berish orqali tegishli xulosalar chiqarishda fanning o‗rni va ahamiyati
juda muhimdir.
Talabalar tomonidan ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani doirasida
soliqlar va soliq munosabatlariga oid olingan
bilimlari asosida soliq
munosabatlarini samarali boshqarishda nafaqat davlat, hukumat, fiskal
organlar manfaati nuqtayi nazaridan, balki fuqaro, tadbirkorlik subyekti,
xo‗jalik yurituvchi subyekt – soliq to‗lovchilar manfaati nuqtayi
nazaridan fikr va mushohada yuritish hamda manfaatlar uyg‗unligini
ta‘minlashda sezilarli hissa qo‗shadi. Ayniqsa, talabalar tomonidan
16
hozirgi kunga qadar shakllangan soliqqa tortish nazariyalari yuzasidan
bilimlarni mukammal egallashi kelajakda mamlakatimizning soliq
siyosatini oqilona amalga oshirishda munosib xizmat qiladi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining
ilmiy tadqiqotlarni
o‗tkazishdagi o‗rni va ahamiyatiga to‗xtaladigan bo‗lsak, ma‘lumki,
nafaqat soliqqa doir, balki boshqa soha va yo‗nalishlardagi ilmiy
tadqiqot ishlarining avvalida, tanlangan tadqiqot mavzusining ilmiy
nazariy
jihatlari,
o‗rganilganlik darajasi, soha olimlari va
mutaxassislarning
qarashlari, g‗oyalari, shakllangan maktablarning
yondashuvlari, ilmiy izlanishlari tahlil qilinadi va sharhlanadi hamda
ularga tayangan holda ilmiy ishning keyingi bosqichlari tadqiq etiladi.
Shuning uchun ham mazkur fan doirasida olingan bilimlar soliqqa doir
har qanday ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda asos va poydevor
sifatida xizmat qiladi.
Bundan tashqari, fanning ilmiy izlanishlarni olib borishdagi o‗rni va
ahamiyatiga zarurat sifatida yondashuv maqsadga muvofiq. Buning
asosiy sababi fan tarkiban soliqqa oid eng asosiy,
zaruriy va tayanch
mavzularni qamrab olgan.
Ta‘kidlash joizki, fan soliq sohasidagi birinchi umume‘tirof etilgan
ta‘limotlarning mazmun-mohiyati, soliqqa tortishning umumiy, xususiy
va zamonaviy nazariyalarga asos solgan olimlarning ilmiy izlanishlari va
ularga berilgan sharhlar asosida shakllantirilgan. Bu ham o‗z navbatida,
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining ilmiy tadqiqotlarni o‗tkazishdagi
o‗rni va ahamiyati nechog‗lik muhimligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: