UDK: 336.22(075.8)
KBK: 65.261.8ya73
ISBN 978-9943-7878-9-6
© I.M.Niyazmetov, S.A.Giyasov,
F.A.Fayziyev, R.R.Duschanov, 2022
© “CHINOR FAYZI BALAND”, 2022
3
KIRISH
Har qanday jamiyatning taraqqiyot bosqichlarida soliqlarning
vujudga kelish tarixi ilk davlatchilik asoslari paydo bo‗lishi bilan
chambarchas bog‗liqdir. G‗oyat mas‘uliyatli, o‗z navbatida, o‗ta yuqori
darajadagi ehtiyojni o‗zida ifodalagan soliqlarning o‗ziga xos
rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari,
imkoniyatlari ortib bordi.
Soliq muhim va serqirra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‗lib, uning
turli shakllarda paydo bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyati rivoji
bilan chambarchas bog‗liq.
O‗zbekiston hududida davlatchilikning uch ming yillik tarixga ega
ekanligi bu makonda soliq munosabatlarining ham shuncha davrlik
tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Tarixiy manbalarning guvohlik
berishicha, miloddan avvalgi IX asrlarda Xorazm vohasi hududida
zardo‗shtiylik dinidagi ajdodlarimiz yashagan davlat vujudga kelgan. Sal
keyinroq Movarounnaxr hududida Baqtriya (Surxon vohasi) va So‗g‗d
(Zarafshon, Qashqadaryo vohalari) kabi davlatlar shakllangan. Tabiiyki,
Turon zaminidagi bu qadimiy davlatlar o‗z soliq munosabatlari tarixiga
ega.
Soliqlarning tarixiy shakllanishi va rivojlanishini, shuningdek,
ularning bugungi kunda davlat va jamiyat hayotidagi o‗rnini o‗tmishda
kechgan soliq munosabatlari bilan solishtirish asosida tadqiq etish
hamda tizimning rivojlanish istiqbollarini ilmiy manbalar hamda tarixiy
hujjatlar asosida o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon iqtisodiyotining taraqqiyot tajribalari shuni ko‗rsatadiki,
soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita
bo‗lib kelgan. Soliqlar davlatlarning moliyaviy faoliyatini ta‘minlash va
kafolatlashga xizmat qilgan. Amaliyotda va nazariyada soliqlar
mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar paydo bo‗lib kelgan. Shu bois,
4
har bir davlat soliqlardan o‗ziga xos tarzda va turli sharoitlarda har xil
shakllarda foydalanib kelgan.
Shu sababdan, soliq solishning jahon hamda mamlakatimiz
hududida kelib chiqish va shakllanish tarixining asosiy jihatlarini
o‗rganish bugungi kunda soliq siyosatini to‗g‗ri ishlab chiqish va
samarali soliq tizimini shakllantirishda, soliq sohasida amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ijobiy natijalarga erishish,
bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlardan iqtisodiy tartibga solish vositasi
sifatida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har qanday
jamiyat o‗zining xususiyati va tabiatiga ko‗ra soliqlar va soliqqa tortish
jarayoniga hamohangdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq munosabatlarining tarixi
hamda soliqqa tortishning nazariy jihatlarini o‗rganish maqsadida ―Soliq
nazariyasi va tarixi‖ fani asosiy fanlardan biri sifatida shakllandi. Ushbu
fan ―Soliqlar va soliqqa tortish‖ yo‗nalishidagi bakalavriat bosqichi
talabalariga o‗qitiladigan dastlabki mutaxassislik fani hisoblanadi.
O‗quv qo‗llanmada soliqqa tortish nazariyasi va tarixining barcha
jabhalari qamrab olingan. Fanni o‗qitish soliqlar tarixi va nazariyasini
uyg‗unlikda o‗rganishga qaratilgan.
Mazkur o‗quv qo‗llanma mantiqiy jihatdan uch qismdan iborat.
Birinchi qism bitta mavzu (birinchi bob) doirasida yoritilgan bo‗lib,
unda ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining soliqqa oid boshqa fanlar
nazariy-uslubiy poydevori va davlat soliq siyosatining ilmiy asosi
sifatidagi mohiyati ochib berilgan. Fanning predmeti va mazmuni
yoritilgan. Fanni o‗rganishdagi umumiy va alohida usullari keltirilgan.
Shuningdek, fanning kadrlarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni
o‗tkazishdagi o‗rni va ahamiyati ochib berilgan.
Ikkinchi qism soliqlarning paydo bo‗lishi va shakllanishi tarixini
o‗rganishga bag‗ishlangan. O‗quv qo‗llanmaning bu qismi yettita
mavzuni (II-VIII boblarni) qamrab olgan bo‗lib, bu mavzular doirasida
soliqlarning vujudga kelishi, qadimgi dunyo davlatlarida soliq
5
munosabatlarining shakllanishi, arablar, turon zaminidagi boshqa o‗rta
asr davlatlari, mo‗g‗ul istilochilari, temuriylar, o‗zbek xonliklari, rus
chorizmi va sovet hukmronligi davrlarida Markaziy Osiyodagi amal
qilgan soliqlar hamda soliq munosabatlari batafsil yoritilgan.
O‗quv qo‗llanmaning uchinchi qismi soliqlar nazariyasiga
bag‗ishlangan to‗rtta mavzuni (IX-XII boblar) qamrab olgan bo‗lib,
unda soliqqa oid ilmiy qarashlarning shakllanishi, soliqlar xususidagi ilk
umumiy nazariyalar, soliqqa tortishning takomillashgan umumiy
nazariyalari, soliqqa oid dastlabki xususiy nazariyalar hamda soliqqa
tortishning zamonaviy nazariyalari ko‗rib chiqiladi.
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, ushbu o‗quv qo‗llanmada soliqqa
tortish nazariyasi va tarixining barcha jabhalari qamrab olingan.
|