NOTA BENE !
Boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralariga
tibbiy yo‘sindagi hamda
voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xarakterda bo‘lgan majburlov
choralarini kiritishimiz mumkin.
Ushbu majburlov choralarining asoslari, maqsad va vazifalari haqida
to‘xtalmasdan, ular qaysi hollarda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirishi va
buning huquqiy oqibati haqida to‘xtalsak, ularning o‘ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1) bu choralarni qo‘llash yoki jinoiy jazoni istisno qiladi (muomalaga
layoqatsizlar va voyaga yetmaganlar uchun) yoki jazoni vaqtincha
to‘xtatadi (ayblov hukmi kuchga kirganidan so‘ng surunkali ruhiy
kasallikka duchor bo‘lgan shaxslar uchun) yoxud jinoiy jazoni ijro etish
bilan bir vaqtda amalga oshiriladi (alkogolizm yoki giyohvandlikka
chalinganlik tashxisi bor shaxslar uchun);
2) qaysi shaxslar davlat majburlovining ushbu choralariga tortilishi
lozim bo‘lsa, ularning xohishidan qat’i nazar tortiladi, bosh tortgan
taqdirda davlat tomonidan huquqiy ta’sir chorasi ko‘riladi;
3) bu choralarni qo‘llash sud organlari tomonidan amalga oshiriladi;
133
4) mazkur choralarni qo‘llash jazo sifatida ko‘rinmaydi va
sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi, lekin jinoiy javobgarlikni istisno
qilmaydi.
Ushbu huquqiy ta’sir choralarining bir qator jinoiy jazoga o‘xshash
tomonlari mavjud, ammo ular umumiy jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazo bilan o‘xshashliklari quyidagilarda
ko‘rinadi:
– mazkur huquqiy ta’sir choralari jazo singari jinoiy javobgarlikni
amalga oshirish shakllaridan hisoblanadi;
– jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning asosi – ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilishi sanaladi;
– bu choralarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash jinoyat qonuni
bilan amalga oshiriladi;
– bu ta’sir choralarini qo‘llashning bevosita huquqiy asosi – sud
organlarining qonuniy hujjatidir;
– ushbu huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash jinoyat sodir etgan shaxslar
muayyan huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi.
Mazkur huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazodan asosiy farqi shuki,
garchi ular jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli sanalsa ham, bu
choralar sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi.
Huquqiy ta’sir choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishning
huquqiy oqibatidir. Ushbu choralar aksariyat hollarda, umumiy va xususiy
ogohlantiruv mazmunida bo‘ladi. Aybdor shaxs sud tomonidan aqli noraso
deb topilgan taqdirda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ko‘rinishida
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. Xolbuki,
mazkur choralarning asosiy maqsadi kelajakda jinoyat sodir qilinishining
oldini olishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli huquqiy ta’sir chorasini jazo
deb baholash noto‘g‘ridir. Shu bilan birga bu huquqiy ta’sir choralari
shaxsning huquqlarini chegaralab qo‘yadi va hech qanday so‘zsiz ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etgan shaxsning kelajakdagi jinoyatining oldini oladi.
Jinoiy javobgarlik ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining huquqiy oqibati
ekan, huquqiy ta’sir choralari ham sodir etilgan jinoyat oqibatidir.
134
|