Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Murakkab tarkiblarda
elementlar sonining ortishi (masalan, ikkita 
obyekt, ikkita qilmish, ikkita oqibat, ikkita ayb shakli); jinoyat sodir qilish 
protsessining uzayishi (davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar); 
elementlarning muqobilligi; bitta tarkib doirasida bir necha oddiy 
tarkiblarning mavjudligi (tarkibli jinoyatlar) bilan bog‘liq ravishda ko‘p 
elementlilik yuzaga keladi.
Ko‘p obyektli
jinoyat tarkiblarida tajovuz ikki yoki undan ortiq 
jinoyat-huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadigan obyektga qaratiladi. Mulk 
va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soluvchi JK 247-moddasida ko‘rsatilgan 
jinoyat tarkibi (o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki 
portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) ko‘p obyektli 
jinoyatga misol bo‘ladi. 
Ikki yoki undan ortiq harakatni nazarda tutuvchi murakkab 
jinoyat tarkiblari
aniq bir jinoyatni ikki yoki undan ortiq harakat bilan 
sodir etishni nazarda tutadi. Masalan, nomusga tegishda (JK 118-moddasi) 
jinsiy aloqa zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan 
foydalanib qilinadi. 
Ikki yoki undan ortiq oqibatni nazarda tutuvchi jinoyat tarkibiga
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast 
yetkazish uchun javobgarlikni belgilaydigan JK 104-moddasi 3-qismi «d» 
bandidagi jinoyat tarkibini misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Ikkita ayb shakliga ega bo‘lgan jinoyat tarkibida
obyektiv tomon 
murakkablashgan bo‘ladi. Bunda qasddan sodir etilgan jinoyat oqibatida 
ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqanligi 
uchun qonun javobgarlikni og‘irlashtiradi (JK 23-moddasi). Masalan, 
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast 
yetkazish (JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi). 
142 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin