Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


asosiy , ikkinchisi esa  qo‘shimcha



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

asosiy
, ikkinchisi esa 
qo‘shimcha
obyekt bo‘ladi.
151 


NOTA BENE ! 
Asosiy obyekt
– JK moddasini tuzishda ushbu norma bilan maxsus 
himoyalangan ijtimoiy munosabat turi. 
NOTA BENE ! 
Qo‘shimcha obyekt
– JK Maxsus qismi tegishli moddalari bilan 
qo‘riqlanadigan asosiy obyektga tajovuz qilish natijasida xavf ostida 
qoladigan ijtimoiy munosabat turi. 
Bunday chegaralash obyektning muhimlik darajasiga ko‘ra emas, 
balki maxsus obyekt bilan bog‘liqligiga qarab amalga oshiriladi. JK 164-
moddasidagi bosqinchilik jinoyatida asosiy obyekt mulk huquqini tashkil 
etib, bu modda JK Maxsus qismining «o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish» 
deb nomlangan bobida joylashganligi uchun qo‘shimcha obyekt bo‘lib, 
shaxs, uning hayoti va sog‘liqi hisoblanadi. 
Yoki, masalan, JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan 
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast 
yetkazish jinoyatida tajovuz ikkita obyektga qaratiladi: shaxsning 
sog‘liqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat va shaxsning hayotini 
ta’minlovchi ijtimoiy munosabat. Bu obyektlarga nisbatan tajovuzning 
bo‘lmasligi moddaning aynan shu qismi va shu bandidagi jinoyat tarkibini 
istisno qiladi. Jabrlanuvchining o‘limi bir tomondan qo‘shimcha obyekt, 
ikkinchi tomondan aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi oqibati hisoblanadi. 
Qo‘shimcha obyekt qilmishning kvalifikatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ahamiyatga ega. Masalan, bosqinchilik jinoyatining qo‘shimcha obyekti 
uni mulkka qarshi qaratilgan jinoyatning boshqa bir turi – talonchilikdan 
farqlash imkoniyatini beradi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyatning 
fakultativ obyekti
– alohida olingan jinoyatning asosiy 
obyektiga (ba’zan qo‘shimcha) tajovuz qilishda zarar yetkazilishi mumkin 
yoki mumkin bo‘lmagan ijtimoiy munosabat turi. 
152 


Fakultativ obyekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi emas va 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda 
jinoyat sodir qilinganida unga zarar yetkaziladi, boshqa hollarda esa yo‘q, 
ya’ni biror-bir jinoyat sodir qilinganida obyektning bu turi mavjud bo‘lishi 
yo bo‘lmasligi ham mumkin. 
Fakultativ obyektga zarar yetkazish aybdorga jazo tayinlashda va 
yetkazilgan zararni qoplashda hisobga olinadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin