Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Turdosh obyekt
ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar, 
qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda 
maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi. 
 
Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin 
bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash 
tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi 
jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan 
jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka 
qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular 
jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Ba’zi hollarda, Maxsus qism 
bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV 
bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi, 
ya’ni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi.
NOTA BENE ! 
Jinoyatning
bevosita obyekti
deyilganda, ijtimoiy xavfli tajovuz sodir 
etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. 
 
Aynan bevosita obyekt sud-tergov amaliyotida jinoyat tarkibining 
aniqlanishi lozim bo‘lgan qismidir. Bevosita obyekt JK Maxsus qismining 
moddalarida aks ettiriladi. 
Gorizontal bo‘yicha
obyektlarni tasniflash jinoyatning bevosita 
obyekti bilan bog‘liqdir, ya’ni umumiydan xususiylik orqali alohidalikka 
yoki aksincha. Ushbu tasniflashga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va fakultativ 
obyektlar farqlanadi. Bunday tasniflashning nazariy va amaliy ahamiyati 
shundaki, jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha obyektga 
qaratilgan bo‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik jinoyatida tajovuz bir 
vaqtning o‘zida ham mulkka, ham shaxsga qarshi qaratiladi). Bunday 
holatlarda, ijtimoiy xavfli qilmish odatda ikkita obyektga tajovuz qilib, 
ulardan biri albatta, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin