NOTA BENE ! Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar,
qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda
maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi.
Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin
bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash
tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi
jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan
jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka
qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular
jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Ba’zi hollarda, Maxsus qism
bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV
bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi,
ya’ni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi.
NOTA BENE ! Jinoyatning
bevosita obyekti deyilganda, ijtimoiy xavfli tajovuz sodir
etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi.
Aynan bevosita obyekt sud-tergov amaliyotida jinoyat tarkibining
aniqlanishi lozim bo‘lgan qismidir. Bevosita obyekt JK Maxsus qismining
moddalarida aks ettiriladi.
Gorizontal bo‘yicha obyektlarni tasniflash jinoyatning bevosita
obyekti bilan bog‘liqdir, ya’ni umumiydan xususiylik orqali alohidalikka
yoki aksincha. Ushbu tasniflashga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va fakultativ
obyektlar farqlanadi. Bunday tasniflashning nazariy va amaliy ahamiyati
shundaki, jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha obyektga
qaratilgan bo‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik jinoyatida tajovuz bir
vaqtning o‘zida ham mulkka, ham shaxsga qarshi qaratiladi). Bunday
holatlarda, ijtimoiy xavfli qilmish odatda ikkita obyektga tajovuz qilib,
ulardan biri albatta,