NOTA BENE ! Jabrlanuvchi – jinoyat bevosita qaratilgan, jinoyat natijasida zarar
yetgan va zarar (jismoniy, mulkiy, ma’naviy) yetkazilish xavfi ostida
qolgan shaxs.
154
Jabrlanuvchi ko‘p hollarda shaxsga qarshi jinoyatlarda namoyon
bo‘ladi (odam o‘ldirishda, tan jarohati yetkazishda, nomusga tegishda va
boshqalarda). Jonsiz predmetlar singari jabrlanuvchi, aniqro g‘i uning
shaxsiy xususiyatlari, xulqi zaruriy va og‘irlashtiruvchi belgi rolini
bajargan holda qilmishni kvalifikatsiya qilishga, shuningdek,
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat sifatida jazo miqdorini
belgilashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini
qasddan o‘ldirishi jinoyatida jabrlanuvchi faqatgina yangi tug‘ilgan
chaqaloq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirishda
jabrlanuvchi faqatgina jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaydigan yoki
unga nisbatan sodir qilinayotgan qilmishning xususiyatini tushunishga
layoqatsiz bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Yoki masalan, kuchli ruhiy
hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatida o‘lim
jabrlanuvchining G‘ayriqonuniy zo‘rligi yoki og‘ir haqorati, shuningdek,
boshqa G‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuz bergan bo‘lishi lozim.
«Jinoyat obyekti» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 1. Jinoyat obyekti nima? Uning ahamiyati nimadan iborat?
2. Jinoyat obyektlarini tasniflash asosiga qanday mezonlar qo‘yilgan?
3. Jinoyat obyektlarini vertikalligiga ko‘ra va gorizontalligiga ko‘ra
tasniflash qanday obyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi?
4. JK Maxsus qismi bo‘limlari va boblarining tuzilishi asosiga jinoyat
obyektlarining qanday turlari qo‘yilgan?
5. JK Maxsus qismining muayyan moddasi misolida asosiy va
qo‘shimcha obyektlarni aniqlang.
6. Fakultativ obyekt deganda nima tushuniladi? Fakultativ obyektning
mavjudligini nazarda tutuvchi jinoyat tarkiblarining misollarini keltiring.
7. Jinoyat predmeti deganda nima tushuniladi?
8. Jinoyat obyekti va predmetining o‘zaro nisbati nimadan iborat?
9. Jinoyat predmeti va jinoyatni sodir etishning qurollari va vositalari
o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
155
10. «Jabrlanuvchi» tushunchasi nimani anglatadi? Shaxsning yoki
jabrlanuvchi xulqining xususiyatlari sodir etilgan qilmishning
kvalifikatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?