Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Jinoyat tarkibining 
obyektiv tomoni 
– tajovuzning ijtimoiy xavflilik 
darajasini ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga 
qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi 
obyektiv, ijtimoiy va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir. 
Jinoyat obyektiv tomonining birinchi navbatdagi ahamiyati shundan 
iboratki, uni to‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya 
qilishning garovidir. Ta’kidlash joizki, JK Maxsus qismi moddalari 
dispozitsiyalarida jinoyat tarkibida boshqa elementlarga nisbatan obyektiv 
tomonning belgilari ko‘proq ifodalangan bo‘ladi. Bu belgilar jinoyatlarni 
157 


bir-biridan farqlash, buning natijasi sifatida jinoyatlarni kvalifikatsiya 
qilish mezoni hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bitta obyektga qaratilgan bir 
xil ayb shakllariga ega bo‘lgan qilmishlarni chegaralashda obyektiv tomon 
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bir vaqtning o‘zida bitta obyektga 
qaratilgan, qasddan sodir etiladigan, g‘arazli niyatlarda amalga 
oshiriladigan va umumiy subyektga ega bo‘lgan mulkni talon-toroj qilish 
jinoyatlarini farqlash JK Maxsus qismi moddalarida turli xil tarzda 
ifodalangan obyektiv tomonning belgilari orqali amalga oshiriladi. 
Obyektiv tomonni tahlil qilish bir qator hollarda qo‘shimcha obyektni 
aniqlashga imkon beradi (masalan, JK 164-moddasining dispozitsiyasi 
fuqarolarning hayoti yoki sog‘liqi xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy 
munosabat shakli sifatida qo‘shimcha obyektni aniqlash imkonini beradi). 
Shuningdek, obyektiv tomonning alohida belgilari qonun chiqaruvchi 
tomonidan kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ifodalanadi (masalan, jinoyat 
sodir etish usuli va vositasi). 
Tuzilishi jihatidan obyektiv tomonning zaruriy va fakultativ belgilari 
mavjud. Bunda zaruriy va fakultativ belgilar moddiy va formal tarkibli 
jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
(Bu to‘g‘risida mazkur tom IV bobining «Jinoyat tarkibining tuzilishi. 
Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari» deb nomlanuvchi 3-§ ga 
qarang.) 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin