balki alohida bo‘g‘inlardan tashkil topgan aniq harakatni qamrab oladi
(nomusga tegish, shikast yetkazish, qasddan odam o‘ldirish). Bundan,
jinoyat-huquqiy ma’nodagi har qanday harakat yoki xulq-atvor ham
jinoyat tarkibidagi qilmish bo‘la olmaydi, degan xulosa qilishimiz
mumkin.
NOTA BENE !
Jinoiy qilmish
– aybdorning ongli, ixtiyoriy faol yoki passiv xulq-
atvoridir.
Faqatgina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgilarini ko‘rsatuvchi
va to‘rtta quyidagi qismdan iborat qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga
ega:
– huquqqa xiloflik;
– ijtimoiy xavflilik;
– onglilik;
– ixtiyoriylik.
Ijtimoiy xavflilik
va undan kelib chiqadigan
huquqqa xiloflik
jinoyatning asosiy belgilaridir. Ammo ulardan qilmishning jinoyat-
huquqiy tushunchasi kelib chiqmaydi, balki ular faqat jinoyat-huquqiy
ahamiyatga (yoki taqiqqa) ega bo‘lgan harakat yoki harakatsizliklar
ro‘yxatini belgilash bilan chegaralanishadi. (Ushbu tushunchalar
to‘g‘risida mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb nomlangan 2-§
ga qarang.)
Dostları ilə paylaş: