Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 2-moddasidagi
prinsipga 
asosan amalga oshiradi. 
Ikkinchidan, qonun chiqaruvchi tomonidan jinoyat obyekti sifatida 
faqat eng muhim, qiymati yuqori va davlat muhofazasiga muhtoj ijtimoiy 
munosabatlar tan olinadi. Shunga e’tiborni qaratish lozimki, jinoyat 
obyekti deb e’lon qilinadigan ijtimoiy munosabatlarning aksariyati 
umuminsoniy qadriyatlardir, masalan, shaxsning jismoniy va ma’naviy 
daxlsizligiga oid munosabat va boshqalar. 
Uchinchidan, jinoyat obyekti ijtimoiy kategoriya bo‘lib, hech qanday 
moddiy ahamiyatga ega emas, ya’ni jinoyat obyektini jinoyat predmetidan 
farqlash mezonidir. 
To‘rtinchidan, jinoyatning obyektiga nisbatan ta’sir etish mexanizmi 
shundan iboratki, jinoyat sodir etilayotganda jinoyat obyekti sifatida 
ijtimoiy munosabat parchalanib, yo‘qolib ketmay, faqatgina buziladi. 
148 


Masalan, odam o‘ldirish jinoyatida shaxs o‘ldiriladi, ammo u jinoyat 
obyekti sifatida yo‘q qilib yuborilmaydi (inson hayotini ta’minlovchi 
ijtimoiy munosabatlar). Bundan kelib chiqadiki, jinoyat obyektining 
subyekti (ijtimoiy munosabatning tarkibiy qismi sifatida) jamiyatning har 
bir a’zosi hisoblanadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat obyekti
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan eng ustuvor va 
ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan umumlashgan holda sof ijtimoiy 
kategoriya bo‘lgan 
ijtimoiy munosabat
bo‘lib, jinoyat sodir etilishi 
natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilishi xavfi ostida 
qoladi. 
Jinoyat obyektining ahamiyati shundaki, u har bir jinoyatning zaruriy 
elementi bo‘lib, birinchi navbatda, aniqlanishi lozim. Tajovuz obyektisiz 
hech qanday aniq jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat obyektini 
to‘g‘ri aniqlash qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va jinoyat tarkibini 
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, jinoiy qilmishlarni 
ma’muriy huquqbuzarliklardan farqlash imkoniyatini beradi. 
Jinoyat obyekti haqiqatan zarar yetkaziladigan yoki zarar yetkazilishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatni aniqlashga, ya’ni jinoyatning 
ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini aniqlashga yordam beradi. 
Bundan tashqari, jinoyat obyekti alomatlariga qarab JKning Maxsus qismi 
ishlab chiqilgan. Shunga binoan, jinoyat qonunchiligini kodifikatsiya 
qilishda jinoyat obyektining o‘rnini baholamaslik mumkin emas. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin