Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Muqobil tarkiblarda
bir qator qilmishlar nazarda tutiladiki, ulardan 
birini sodir qilish, jinoyatni tugallangan deb topish va jinoiy javobgarlikka 
tortish uchun yetarlidir. Masalan, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK 183-moddasiga 
muvofiq, ushbu jinoyat monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati 
berilgan organga axborotlar bermaslik yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 
ma’lumotlarni bila turib taqdim qilish orqali, shunday qilmishlar uchun 
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin, sodir qilinishi mumkin. JK 256-
moddasiga ko‘ra, ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga 
oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzishdan iborat bo‘lgan jinoyat 
tarkibi mazkur moddaning 1-qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan 
oqibatlar yuz bergan, shu jumladan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir 
shikast yetkazilgan holdagina mavjud bo‘ladi. 
Tarkibli jinoyatlar
ikki yoki undan ortiq oddiy mustaqil 
jinoyatlardan iborat bo‘lgan jinoyatlardir, ular alohida olinganida har biri 
mustaqil jinoyat tarkibini tashkil etadi. Bunday belgilarga zo‘rlik ishlatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan talonchilik jinoyatining tarkibi (JK 166-moddasi 2-
qismi) ega, unda o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishdan 
iborat jinoiy maqsadga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik 
ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish orqali erishiladi. 
Yoki masalan, bezorilik jinoyati (JK 277-moddasi) badanga tan jarohati 
yetkazish va o‘zganing mulkini nobud qilishni qamrab oladi. 
Tuzilishining xususiyatiga
qarab jinoyat tarkiblari uchta turga 
bo‘linadi: formal, moddiy va kesik. 
Oqibatni qamrab olmagan va faqat qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik)dan iborat bo‘lgan jinoyat tarkibi 
formal tarkib
hisoblanadi. 
Masalan, urushni targ‘ ib qilish (JK 150-moddasi), agressiya (JK 151-
moddasi) va boshqalar. Formal tarkibli jinoyatlarda faktik oqibatlar kelib 
chiqqanligiga qaramay qilmish sodir etilgan vaqt jinoyat tamom bo‘lgan 
vaqt deb hisoblanadi. 
Moddiy tarkib
JK Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan 
qilmish natijasida yuzaga keladigan oqibat hamda qilmish va oqibat 
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni qamrab oladi. Masalan, qasddan badanga 
143 


o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-moddasi) yoki ekologiya 
xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (JK 193-moddasi) va 
boshqalar. Moddiy tarkibli jinoyatlarda dispozitsiyada ko‘rsatilgan oqibat 
yuzaga kelishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. 
Kesik tarkibda
jinoyatning oxiriga yetgan vaqtini qonun oldingi 
bosqichga ko‘chiradi. Masalan, bosqinchilik (JK 164-moddasi) yoki jinoiy 
uyushma tashkil etish (JK 242-moddasi) va boshqalar. 
Jinoyat tarkibini bunday tasniflash ham nazariy, ham amaliy 
ahamiyatga ega, zero shu yo‘l bilan jinoyat qonunining odillik (JK 8-
moddasi), insonparvarlik (JK 7-moddasi) kabi muhim prinsiplari ro‘yobga 
chiqadi va jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning muhim sharti 
hisoblanadi. 
Yana shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq, 
elementlarning aniq va baholovchi belgilarini ko‘rsatuvchi jinoyat 
tarkiblari ajratiladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin