Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Zaruriy belgilar
jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 
belgilar bo‘lib, ularning yig‘indisi qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun 
minimal va yetarli bo‘lgan ijtimoiy xavfliligini tashkil qiladi. 
Ushbu belgilarning hatto bittasi mavjud bo‘lmasa ham jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asos ham bo‘lmaydi. Bularga quyidagilar 
kiradi: jinoyat obyekti; formal jinoyat tarkibining obyektiv tomonida – 
qilmish (harakat yoki harakatsizlik); moddiy jinoyat tarkibining obyektiv 
tomonida esa, qilmish, oqibat va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; 
tarkibning subyekt tomonida – qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb; 
subyektda – «umumiy» subyektning alomatlari, ya’ni qonunda nazarda 
tutilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs. 
NOTA BENE ! 
Fakultativ belgilar
– jinoyat tarkibining mavjudligini anglatmaydigan, 
kvalifikatsiyaga ta’sir etmaydigan, lekin jazoni individuallashtirishda 
hisobga olinadigan belgilar. 
Fakultativ belgilarga quyidagilar kiradi: jinoyat predmeti; formal 
jinoyat tarkibining obyektiv tomonida – jinoiy oqibatlar, sababiy 
bog‘lanish, jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli, vositasi, quroli, sharoiti, 
moddiy jinoyat tarkibining obyektiv tomonida esa faqatgina jinoyat sodir 
etish vaqti, joyi, usuli va boshqa tashqi holatlar; subyekt tomonda – motiv 
va emotsional holat; subyektda – maxsus subyektning belgilari. 
Jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyasida fakultativ belgilar 
ko‘rsatilishi ham, ko‘rsatilmasligi ham mumkin. Agar Maxsus qism 
moddalari dispozitsiyasida ushbu belgilar ko‘rsatilgan bo‘lsa, qilmishni 
o‘sha belgisiz kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi. Masalan, JK 97-moddasi 2-
qismi «i» bandi tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish uchun 
javobgarlikni nazarda tutadi. Qilmishni ushbu modda bilan kvalifikatsiya 
qilish uchun tamagirlik niyatini o‘zida ifodalagan motivni aniqlash zarur. 
Mazkur belgi umumiy qoidaga ko‘ra fakultativ, biroq dispozitsiyada 
140 


to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatilganligi uchun zaruriy belgi bo‘lib kelyapti. 
Yanada aniqroq qilib aytganda, tamagirlik niyatidagi motiv bo‘lmasa, JK 
97-moddasi 2-qismi «i» bandidagi jinoyat tarkibi ham mavjud bo‘lmaydi. 
Yoki bo‘lmasa, masalan, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar 
yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash yoki ularga 
qonunga xilof ravishda egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarda (JK 
247–248-moddalari) jinoyat predmeti zaruriy belgi hisoblanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin