Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

 
 
146 


V BOB. JINOYAT OBYEKTI 
1-§. Jinoyat obyekti tushunchasi va ahamiyati 
JK Maxsus qismida nazarda tutilgan har qanday jinoyat kimgadir yoki 
nimagadir qaratilgan tajovuz hisoblanadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat obyekti
– jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali 
unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir. 
Jinoyat obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 
ijtimoiy 
munosabat
dir. Ushbu ijtimoiy munosabatlar 
JK 2-moddasida
ma’lum 
qadriyatlar tariqasida hamda JK Maxsus qismi bo‘lim (8-bo‘limdan 
tashqari) va boblari nomlanishida ifodalangan. 
Ijtimoiy munosabatlar insonlar o‘rtasida ularning hayoti faoliyati 
jarayonida vujudga keladigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlar 
jamiyatning mavjudligi jarayonida shakllanib boradi. Ular qonun tufayli, 
jumladan, jinoyat qonuni tufayli yuzaga kelmaydi, ammo qonun ularning 
rivojlanishi, shakllanishi va shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari bilan 
mosligini mustahkamlashga zamin yaratishi mumkin. 
Ijtimoiy munosabatlarni jinoyat qonuni o‘z himoyasiga olganida, ular 
jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti deb e’lon qilinadi va ma’lum shartlarda 
potentsial jinoyat obyekti bo‘lishi mumkin, shuningdek, bir ijtimoiy 
munosabat bir yoki bir necha jinoyat obyekti bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat sodir etilayotganda jinoyat-huquqiy norma buziladi. Ammo u 
ikkilamchi, chunki doimo ijtimoiy munosabat birlamchidir. Zero, jinoyat-
huquqiy norma ijtimoiy munosabatni muhofaza qilish uchungina 
mavjuddir. Jinoyat jinoyat-huquqiy normani buzishga emas, balki ijtimoiy 
munosabatga zarar yetkazishga qaratiladi. Jinoyat obyekti esa, jinoyat 
zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan narsadir.
Bu holatda obyektni moddiy deb o‘ylamaslik lozim. Jinoyat obyekti – 
ijtimoiy kategoriya va u hech qanday moddiy alomatlarga ega emas, 
ijtimoiy munosabatlar esa, xuddi shunday kategoriyadir. 
147 


Bir qator hollarda, masalan, xususiy mulk huquqi fuqarolik huquqi 
yoki boshqa huquq sohalarida ijtimoiy munosabatlar huquqning boshqa 
tarmoqlari normalarida belgilab qo‘yiladi. 
Ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti sifatida bir necha tarkibiy 
elementlarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
– ijtimoiy munosabat mavjudligining sababi bo‘lgan predmet; 
– ijtimoiy munosabat subyekti; 
– ijtimoiy munosabat tarkibi sifatida ijtimoiy aloqa. 
Jinoyat obyekti sifatida ijtimoiy munosabatlarga bir qator belgilar xos 
bo‘lib, ular yordamida jinoyat obyekti deb e’lon qilingan ijtimoiy 
munosabatlarni ajratish, ularning mohiyatini ochish, ularning boshqa 
jinoyat-huquqiy kategoriyalar bilan chegarasini belgilash va nihoyat, 
jinoyat obyektiga yetkaziladigan zarar xususiyatini aniqlash mumkin. 
Birinchidan, jinoyat obyekti deb e’lon qilingan ijtimoiy munosabatlar 
o‘zida jamiyatda yuzaga kelgan qimmatli mezon asoslarini tasvirlaydi. 
Jinoyat qonunida belgilangan muhofaza obyektlarining qanchalik qattiq 
qo‘riqlanishiga qarab, jamiyatdagi eng muhim, birinchi darajali ijtimoiy 
munosabatlarni bilib olish mumkin. Bu ko‘p jihatdan ijtimoiy 
munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar ketma-ketligiga ham bog‘liq. 
Xususan, qonunchilik bu ketma-ketlikni 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin