Masalan, odam o‘ldirish jinoyatida shaxs o‘ldiriladi, ammo u jinoyat
obyekti sifatida yo‘q qilib yuborilmaydi (inson hayotini ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlar). Bundan kelib chiqadiki, jinoyat obyektining
subyekti (ijtimoiy munosabatning tarkibiy qismi sifatida) jamiyatning har
bir a’zosi hisoblanadi.
NOTA BENE !
Jinoyat obyekti
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan
eng ustuvor va
ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan umumlashgan holda sof ijtimoiy
kategoriya bo‘lgan
ijtimoiy munosabat
bo‘lib, jinoyat
sodir etilishi
natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilishi xavfi ostida
qoladi.
Jinoyat obyektining
ahamiyati shundaki, u har bir jinoyatning zaruriy
elementi bo‘lib, birinchi navbatda, aniqlanishi lozim. Tajovuz obyektisiz
hech qanday aniq jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat obyektini
to‘g‘ri aniqlash qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya
qilish va jinoyat tarkibini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, jinoiy qilmishlarni
ma’muriy huquqbuzarliklardan farqlash imkoniyatini beradi.
Jinoyat obyekti haqiqatan zarar yetkaziladigan yoki
zarar yetkazilishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatni aniqlashga, ya’ni
jinoyatning
ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini aniqlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, jinoyat obyekti alomatlariga qarab JKning Maxsus qismi
ishlab chiqilgan. Shunga binoan, jinoyat qonunchiligini kodifikatsiya
qilishda jinoyat obyektining o‘rnini baholamaslik mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: