uzilishini va muvofiq ravishda zikr etilgan jarayonning buzilishini
anglatadi.
Jinoiy harakatsizlik muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishdagi
yagona harakatda yoki yuridik jihatdan zarur va obyektiv jihatdan muhim
bo‘lgan harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvor tizimida
namoyon bo‘ladi. Jinoiy harakatsizlik bo‘lishi uchun shaxs, jinoyat qonuni
bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni
saqlash va mustahkamlash
uchun talab qilinadigan harakatni bajarishi lozim va shunday imkoniyatga
ega bo‘lishi kerak.
Bundan kelib chiqib, harakatsizlikka xos bo‘lgan ikki obyektiv va
subyekt mezonni belgilab olamiz.
Obyektiv mezon
– aniq ijtimoiy zarur harakatning uni bajarishi shart
bo‘lgan shaxs tomonidan bajarilmasligi. Ijtimoiy zarur harakatlarni sodir
qilish majburiyati nafaqat jinoyat-huquqiy normalarda, balki boshqa
normalarda ham, shu jumladan, ijtimoiy normalarda ham belgilangan
bo‘lishi mumkin. Ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
–
jinoyat qonuni, masalan JK 117-moddasida xavf ostida qoldirish
uchun javobgarlik nazarda tutilgan;
– boshqa qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan bo‘lib,
JK Maxsus qismi blanket dispozitsiyali moddalarida nazarda tutilgan,
masalan, JK 262-moddasida transportni ta’mirlash yoki
uni foydalanishga
chiqarish qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilangan;
– shaxsning o‘z zimmasiga olgan ish yoki xizmat faoliyatiga oid
majburiyat, xususan, uning kasb majburiyatlari, masalan, vrach kasalga
tibbiy yordam ko‘rsatishi shart, agar u birinchi yordam ko‘rsatmasa, u JK
116-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi;
– shaxsning o‘zi shaxsni biron nojo‘ya holatga soluvchi va uning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasligi
uchun harakat
qilishi majburiyati, bunda shaxs bu holatda o‘z ishini oxiriga yetkazishi
shart, masalan, jarroh operatsiyani boshladimi, oxiriga yetkazishi shart,
agar u operatsiyani oxiriga yetkazmasa, u shaxsga
qarshi qaratilgan
jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi;
163
– ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs xulqini muvofiqlashtirib
turuvchi umumijtimoiy normalar, masalan, ona o‘z emizikli bolasini
parvarishlashi va boqishi shart va agar bu harakatsizligi bola o‘limiga
sabab bo‘lsa yoki sog‘ligiga zarar yetkazsa, ona jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Bu holatda konkret harakat sodir qilish majburiyatining yo‘qligi
jinoiy harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka
tortishga asosning
yo‘qligidir.
Muayyan harakatlarni bajarish majburiyati shaxsning zimmasida
bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Harakatsizlikning
Dostları ilə paylaş: