urushni targ‘ib qilishda mafkuraviy va siyosiy mazmun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Nomoddiy oqibat esa ikki turda ifodalanadi:
– real ziyon ko‘rinishidagi nomoddiy zarar, masalan, JK 144-moddasi
1-qismida nazarda tutilgan zarar: «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari»ga zarar yetkazish;
– zarar yetkazish xavfi ko‘rinishidagi oqibat. Masalan, JK 113-
moddasida nazarda tutilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida
qoldirish jinoyatida shaxs sog‘liqiga nisbatan xavf vujudga keladi.
Yetkazilgan zararning
xavflilik darajasiga
ko‘ra oqibat 2 guruhga
bo‘linadi:
– asosiy jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, 266-
moddadagi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab
bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish;
– og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan,
masalan, JK 266-moddasi 2- va 3-qismida javobgarlik odamlar o‘limi,
halokat va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqanda yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: