– bir necha oqibat yuzaga kelganida ushbu qilmish har bir oqibatning
sababi bo‘lganligi yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan bir oqibatning
sababi bo‘lganligi va boshqalar.
Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sababiy bog‘lanish –
ikkita holat o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu holatlardan biri (sabab) ikkinchi
holatni yuzaga keltiradi.
Sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi
bo‘lishi uchun quyidagi hollarda shakllangan bo‘lishi lozim: zarar kelib
chiqishi real imkoniyati yuzaga kelganidan, to uni haqiqatga
aylantirilgunga qadar bo‘lgan davrda mavjud bo‘lganda. Ijtimoiy zararli
oqibat keltirib chiqaruvchi real imkoniyatni yuzaga keltirmaydigan harakat
yoki harakatsizlik natijani keltirib chiqarmaydi va jinoiy javobgarlikni ham
keltirib chiqarmaydi. Ammo obyektiv tasodif (ham ichki, ham tashqi)
tufayli bunday real imkoniyatlar haqiqatga kirib ketishi mumkin. Shuning
uchun aybdorning qilmishi va shu qilmish natijasi – oqibatning bog‘liqligi
– sababiy bog‘lanish isbotlash jarayonining zaruriy bosqichidir.
Dostları ilə paylaş: