Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari 
Qilmish o‘z-o‘zidan jinoyat deb topilmay, qonun chiqaruvchi 
tomonidan chiqarilgan jinoyat-huquqiy normalarda, aniqrog‘i, JK Maxsus 
qismi aniq moddalarida belgilangan jinoyat belgilari bilan 
solishtirilgandan keyingina shunday to‘xtamga kelish mumkin. 
Jinoyat tarkibining barcha belgilarini tashkil etuvchi ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etish jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli asosdir, ya’ni 
jinoyat-huquqiy ta’qibni amalga oshiruvchi organ gumonlanuvchi 
(ayblanuvchi)ni jinoiy javobgarlikka tortish uchun uning qilmishida 
jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlashi lozim. 
JK Maxsus qismi moddalari jinoyatning konstruksiyasini, ya’ni 
obyektiv va subyekt elementlarini ajratib ko‘rsatadi. 
Jinoyat tarkibi elementlari
quyidagilar hisoblanadi: 
– jinoyat obyekti; 
– jinoyatning obyektiv tomoni; 
– jinoyatning subyekt tomoni; 
– jinoyat subyekti. 
Obyektiv elementlarga
jinoyat tarkibining obyekti va obyektiv 
tomoni kiradi. 
Subyekt elementlarga
subyekt va subyekt tomon kiradi. 
Jinoyat tarkibi elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Agar sodir 
etilgan qilmishda yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan birortasi mavjud 
bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikka tortishga asos ham bo‘lmaydi. 
Boshqa barcha holatlar (aybdorning shaxsini ifodalovchi va boshqa 
holatlar) jinoiy javobgarlikka tortishda ahamiyatga ega emas. Ammo bu 
holatlar sud tomonidan jazo tayinlashda e’tiborga olinishi mumkin. 
Qilmishda jinoyat tarkibining mavjud emasligi jinoyat qidiruv ishlari olib 
borilishini taqozo etmaydi. Agar jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, jinoyat 
tarkibi yo‘qligi sababli tugatilishi lozim.
Har bir jinoyat tarkibida uning elementlarini va umuman tarkibni 
tashkil etadigan va muayyan jinoyat tarkibiga xos bo‘lgan belgilar mavjud. 
Obyektiv va subyekt elementlar zaruriy va fakultativ belgilarga ega. 
139 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin