Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Jinoyat tarkibining turlari



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

4-§. Jinoyat tarkibining turlari 
Jinoyat qonuni – JK Maxsus qismi moddalarida ifodalanishiga ko‘ra 
jinoyat tarkibi uchta asos bo‘yicha tasniflanadi: 
– ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra; 
– tavsiflanish usuliga ko‘ra; 
– tuzilishining xususiyatiga ko‘ra. 
Ijtimoiy xavflilik darajasiga
ko‘ra jinoyat tarkibi uch turga bo‘linadi: 
asosiy; yengillashtiruvchi; og‘irlashtiruvchi (alohida og‘irlashtiruvchi). Bu 
tasniflash xarakteri jihatdan o‘xshash bo‘lgan jinoyatlarning ijtimoiy 
xavflilik darajasini cheklangan doirada individuallashtirishga, aybdorni 
jazolash va kvalifikatsiyaning aniqligini ta’minlashga imkon beradi. 
Asosiy tarkib
– bu shunday jinoyat tarkibiki, uning belgilari shunday 
jinoyat yoki jinoyatlar guruhidagi barcha jinoyatlar uchun xosdir. Masalan, 
JK 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish JK 97-
moddasi 2-qismi, shuningdek, JK 98–101-moddalaridagi jinoyatlarga 
nisbatan asosiy tarkibli jinoyat hisoblanadi. 
Yengillashtiruvchi tarkib
yengillashtiruvchi belgilarga ega bo‘ladi. 
Masalan, JK 98–101-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari – 
kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish, onaning o‘z 
chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi. 
Og‘irlashtiruvchi (alohida og‘irlashtiruvchi) tarkib 
– 
og‘irlashtiruvchi belgilarga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi. Masalan, JK 97-
moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkiblari – ikki yoki undan 
ortiq shaxsni bir guruh shaxslar tomonidan tamagirlik niyatida o‘ldirish. 
141 


Yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi tarkiblar jinoyatning asosiy 
tarkibiga bog‘liq ravishda ta’riflanadi. 
Tavsiflanish usuliga ko‘ra
jinoyat tarkibi ikkiga bo‘linadi: oddiy va 
murakkab. 
Oddiy tarkib
– bir obyekt, bir qilmish, bir oqibat va bir ayb shakliga 
ega jinoyat tarkibidir. Masalan, o‘g‘rilik (JK 169-moddasi 1-qismi). 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin