umumijtimoiy ahamiyati jinoyat tarkibini tashkil
etuvchi belgilar birligida ifodalanuvchi xulq-atvorga nisbatan jamiyat,
davlat va tegishli huquq normasining salbiy munosabatida namoyon
bo‘ladi, ya’ni jinoyat tarkibi – bu taqiqlovchi norma yoki jamiyat
a’zosining xulq-atvor me’yoridir.
Jinoyat tarkibining
jinoyat-huquqiy ahamiyati bir qator holatlarda
ifodalanadi:
– birinchidan, u sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosidir. Jinoyat tarkibi – sodir bo‘lgan
hodisa (holat)ni solishtirish uchun etalon (o‘lchov birligi) hisoblanadi;
– ikkinchidan, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibi muhim
rol o‘ynaydi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi sud-tergov xodimlari
sodir bo‘lgan holat belgilarini JK tegishli moddalarida belgilangan jinoyat
tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qiladilar;
– uchinchidan, jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri
kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi. Kvalifikatsiya qilish haqiqatda
sodir etilgan qilmishni qonunda ko‘rsatilgan belgilar bilan solishtirib,
boshqalar uchun shunga o‘xshash qilmishlarni sodir qilishni taqiqlashga
imkon beradi;
– to‘rtinchidan, bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini,
ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir-biriga
mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan
biridir, ya’ni uning o‘z qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni
talab qilish huquqini ifodalab beradi;
– beshinchidan, jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-
tergov amaliyotida jinoyat-huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik
prinsipining kafolatidir.
138