tashqari, to‘g‘ri va egri qasd o‘rtasidagi farq ularning ijtimoiy xavfli
oqibatni oldindan ko‘ra bilishdagi irodaviy holatiga ko‘ra aniqlanadi.
To‘g‘ri qasddan farqli ravishda egri qasdda shaxs ijtimoiy xavfli oqibat
kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning kelib chiqishiga
ongli ravishda
yo‘l qo‘yadi.
Egri qasdda faqat ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra
bilish imkoniyatiga ega bo‘lish uning mohiyatini chegaralaydi. Shaxs o‘zi
sodir qilayotgan harakatlari obyektiv borliqqa qanday ta’sir o‘tkazib,
ijtimoiy xavfli oqibat olib kelishini anglaydi, lekin ba’zan oqibat yuzaga
kelmasligi ham mumkin, chunki oqibat yuzaga
kelishi uchun subyekt
tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa shartlar ham zarur bo‘ladi. Bu
yerda oqibat birgina oqibat bilan bog‘liq bo‘lmay, aybdorga bog‘liq
bo‘lmagan boshqa holatlar natijasi hisoblanadi. Gap aniq sharoitda
shartlardagi real imkoniyatlar haqida bormoqda, individual
holatdagi mav-
humlik haqida emas.
«Real imkoniyat» atamasi
Dostları ilə paylaş: