subyekt tomondan faqat
to‘g‘ri qasd bilan amalga
oshiriladi. Yashiruvchi, birinchidan, o‘ta og‘ir yoki og‘ir jinoyatni
yashirayotganligini, ikkinchidan, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini
anglaydi. Shaxs jinoyatni yashirganlik uchun faqat o‘zi bilgan jinoyat
uchungina javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyatni yashirish
jinoyatining tarkibi formal bo‘lganligi sababli aybdor o‘zi amalga
oshirayotgan harakatlarning sodir etilishini xohlaydi.
Faqat 16 yoshga yetgan shaxslar oldindan va’da bermagan holda
jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun
javobgarlikka tortiladilar. Bunda
JK 31-moddasi 3-qismiga ko‘ra,
oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki
jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. JK Maxsus
qismining sakkizinchi bo‘limida izohlanishicha, yaqin qarindoshlarga
qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona,
aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka
olinganlar, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-
singillari kiradi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat haqida xabar bermaganlik va uni
yashirganlik bilan birga, jinoyatga daxldorlikning JK Umumiy qismida
nazarda tutilmagan uchinchi shakli – jinoyatga yo‘l qo‘yib berish ham
ajratib ko‘rsatiladi.
Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish jinoyatga
to‘sqinlik qilishi shart bo‘lgan va bunga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan
shaxsning jinoyat sodir etilishga to‘sqinlik qilmaganligidan iboratdir.
Oldindan va’da qilingan holda jinoyatga yo‘l qo‘yib berish yordamchilik
ko‘rinishida jinoyatda ishtirokchilikni tashkil qiladi.
340