Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

6-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 
JK 40-moddasida
O‘zbekiston jinoiy-huquqiy amaliyotida birinchi 
marotaba, buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek, mansab 
vazifalarini qonuniy bajarish tufayli zarar yetkazilishi jinoiylikni istisno 
etadigan holat sifatida qonuniy shaklda qayd etildi. Bugungi kunda mazkur 
shartlar asosida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) 
baholash qonunchilik darajasida hal etilgan. 
Mazkur shartlarga asoslanib amalga oshiriladigan harakat yoki 
harakatsizlik tegishli huquqiy shartlar mavjud bo‘lgandagina qonuniy deb 
tavsiflanishi mumkin. «Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, 
shuningdek, mansab vazifalarini 
qonunan 
bajarishi tufayli zarar 
yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi» 
(JK 40-moddasi 1-qismi
). 
NOTA BENE ! 
Qonuniy buyruq yoki boshqa farmoyish yoxud mansab vazifalarini ijro 
etish uchun harakat qilayotgan shaxs tomonidan jinoyat qonuni tomonidan 
qo‘riqlanayotgan manfaatlarga ziyon yetkazilgan taqdirda, 
buyruq yoki 
boshqa farmoyishning bajarilishi
qilmishning jinoiyligini istisno 
qiladigan holat deb topiladi. 
426 


Ushbu shartlar tegishli xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) amalga 
oshirish qonuniyligiga, ya’ni buyruq, farmoyish va mansab vazifasi 
qonuniyligiga hamda mazkur buyruq (farmoyish, mansab vazifasi) 
ijrosining qonuniyligiga doir hisoblanadi. Aynan, qilmish ko‘rsatib 
o‘tilgan barcha belgilarga mos bo‘lsa, jinoiy javobgarlik istisno qilinadi. 
Buyruq, farmoyish yoki xizmat majburiyatlarining qonuniyligini aks 
ettiruvchi birinchi belgilardan biri – bu 
rasman muvofiq 
kelishidir. 
NOTA BENE ! 
Buyruq 
deganda, vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan 
shaxsga bergan ma’lum bir harakat (harakatsizlik) ni bajarish haqidagi 
qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabi tushuniladi. 
Aynan shu ta’rif buyruqni boshqa ta’sir choralari – iltimos, 
ishontirish, majburlovdan ajratib turadi. Buyruqlar bilan birga 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin