Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

me’yoriy hujjat 
majburiy ravishda ijro etilishi shart bo‘lgan hudud
tushunchasi, butun 
O‘zbekiston hududinigina emas, balki ma’lum bir chegaralangan joyni 
ham anglatib, lokal xususiyat kasb etadi va normativ hujjat bajarilishi shart 
bo‘lgan hududni anglatadi. Lokal xarakterdagi aktlar quyidagilar, masalan, 
joylardagi hokimiyat organlari, normativ-huquqiy hujjatlar, o‘z ta’sirini 
ma’lum bir hududda yoyadigan, xususan, Ugom-Chotqol Davlat milliy 
tabiat bog‘i to‘g‘risidagi Nizom
2
, «O‘zbekiston Respublikasi hududida 
chegara zonasi belgilangan tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullarning 
qo‘shimcha ro‘yxatini e’lon qilish to‘g‘risida»gi buyruq
3
va boshqalar. 
NOTA BENE ! 
Qonunni e’lon qilish
– bu qonunni muayyan bir nashr vositasida e’lon 
qilish orqali uni ommaga yetkazishdir. 
1
Қаранг Ўзбекистон Республикаси Конститутциявий судида // Ҳалқ сўзи. – 2001 йил 17 октябрь, 207-сон 
(2767). Бундан ташқари, бу қоида Ўзбекистон Республикаси Конститутциявий сувининг 2001 й. 9 августдаги 
“Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 16-
моддасининг иккинчи қисмини шарҳлаш тўғрисида”ги тўхтамида ҳам ўз аксини топган. 
2
Қаранг: Угом-Чотқол Давлат миллий табиат боғи тўғрисидаги Низом (Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 
19 июнь кунидаги 530-сонли Қарорига 1-илова) // "Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари тўплами”, 
2017 йил 31 июль., 30-сон, 734-б. 
3
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2001 йил 10 октябрда 1072-сон билан 
давлат рўйхатидан ўтказилган.
89 


O‘zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 
Qonunining 24-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganidek, «hammaning e’tibori 
uchun rasman e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim ... jazoga tortilishi 
... mumkin emas». Ayni bir paytda faqatgina rasmiy e’lon qilingan nashr 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qonunchilik jarayonida mustaqil bosqichni 
tashkil etadi va u normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni asosida uning 
dublikatini yaratish hamda uning kuchga kirishini yoki vaqt bo‘yicha amal 
qilishini aniqlash imkoniyatini beradi. Rasmiy e’lon qilish huquq-tartibot 
organlari nomidan qonunchilikda nazarda tutilgan manbada mazkur 
masalaga oid to‘liq va aniq me’yoriy aktlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni 
tartibga solishdan iborat. 
Ko‘rsatilgan Qonunning 25-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda 
normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy manbalari quyidagilardir: 
– 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi», «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», 
«Xalq so‘zi» va «
Народное слово» gazetalari O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir; 
– 
«O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami», 
«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», «Xalq so‘zi» va 
«
Народное слово» gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir; 
– «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari O‘zbekiston 
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-
huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir; 
– mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy 
hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi. 
Normativ-huquqiy hujjat mazmunini ommaviy tarzda tarqatish uchun 
chop etishga doir talablarning maxfiy ma’lumotlarga aloqasi yo‘q. Bunday 
hollarda tergov va sud organlari normativ-huquqiy hujjatning rasmiy 
90 


matnida maxfiy ma’lumot mavjudligi va bu ma’lumotlar jinoyat sodir 
etgan shaxsga ma’lum bo‘lganligini aniqlashi lozim. 
Qonun ijrosining majburiyligini belgilaydigan muhim holat bo‘lib, 
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishi yoki uning amal qilishi 
tugatilishi vaqtini aniqlash hisoblanadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishini aniqlash qonun va 
normativ hujjatlarning qo‘llanilishida muhim element hisoblanadi, chunki 
ayni o‘sha paytga qadar u majburiy hisoblanmaydi, ya’ni qonun kuchga 
kirgunga qadar eskisi amalda bo‘ladi, kuchga kirmagan qonunning harakat 
qilishi amaldagi normalarni buzish hisoblanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin