«Qonun» tushunchasiga bunday yondashish normativ-huquqiy
hujjatlar huquqiy normalar yig‘indisidan iborat ekanligidan, ayrimlari esa,
ilgarigi amal qilgan normalarga qaraganda talabchanligidan kelib chiqadi
1
.
Shunga muvofiq, qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ichiga jiddiyroq holatlarni
olib, insonparvarlik va adolat prinsiplariga qarama-qarshi borib aybdor
ahvolining butunlay yomonlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.
Yangi qonunni qo‘llash sudlanuvchi uchun qulay bo‘lishi lozim.
Aynan shunda qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ifodasini topadi. Shuni
nazarda tutish kerakki, huquqiy normalarga teskari kuch berish ular
Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismlariga kirish-kirmasligiga
bog‘liq emas.
Kodeksning Umumiy qismi normalarining qo‘llanilishi jinoyat qonuni
qo‘llanilishining umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. Shu sababli har bir
holatda norma jinoyat sodir etgan shaxsning umumiy holatini
yumshatishni ta’minlashdan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasining 2001 yil 21 avgustdagi Qonuni bilan JKga kiritilgan
o‘zgartishlarga muvofiq, jinoyatlar klassifikatsiyasi o‘zgartirilgan,
jumladan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatlar doirasi kengaytirilgan
2
. Shunga ko‘ra bu norma orqaga qaytish
kuchiga ega, chunki u ilgari mavjud bo‘lgan normalarga qaraganda ancha
yengil.
NOTA BENE !
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan
yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan
Dostları ilə paylaş: