Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


JK 13-moddasi 2-qismining



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 13-moddasi 2-qismining
qoidasiga muvofiq, qonunning orqaga 
qaytish kuchi jinoyat sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Bu 
o‘rinda ularning sudlangan-sudlanmagani, ularga belgilangan jazo 
tayinlangani yoki tayinlanmaganining ahamiyati yo‘q. Biroq, shuni 
hisobga olish kerakki, yangi qonunga muvofiq sodir etilgan jinoiy harakat 
yengilroq jazolanib, aslida aybdorga yangi qonun bo‘yicha o‘rnatilgan jazo 
doirasidan tashqari chiqqan holda ish tutilgan bo‘lsa, u holda belgilangan 
jazoning yuqori chegarasi yangi qonunda ko‘zda tutilgan maksimumga 
qadar kamaytirilgan bo‘lishi zarur
2

Shuni ham yodda tutish lozimki, qonunning orqaga qaytish kuchi 
faqat jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Плунумининг 2006 йил 3 февралдаги “Судлар томонидан жиноят 
учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида”ги 1-сонли қарори // Тўплам. 2-жилд – 235-236-б. 
2
Қаранг: масалан: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 йил 29 августдаги “Жиноий 
жазоларнинг либераллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Жиноят, Жиноят-процессуал 
кодекслари ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш 
ҳақида” ги Ўзбекистон Республикаси қонунини амалга киритиш тартиби тўҳрисидаги 255-II-сон қарори, 4-банд. 
103 


Shunga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslarga, aytaylik, «qonunlar oralig‘i» 
deb atash mumkin bo‘lgan haddan ortiq yumshoq qonun qo‘llanilmaydi. 
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash kerakki, qonunning orqaga qaytish kuchi 
jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan, ya’ni sud va tergov 
ishlariga jalb qilingan yoki tayinlangan jazoni o‘tayotgan shaxslarga 
nisbatan amal qiladi. Shu sababli jinoyat sodir qilgandan keyin qabul 
qilingan, lekin jinoiy javobgarlikka tortgunga qadar o‘z kuchini yo‘qotgan 
qonun bunday jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin