Фарғона Давлат университети
Тахир факультети
Юриспрюденция йўналиши
2-курс 22.53-гуруҳи талабаси
Қодиралиев Ғуломиддин Зоиржон ўғлининг “Жиноят ҳуқуқи” фанидан МУСТАҚИЛ ИШИ
Jinoyatning motivi va maqsadi Режа: Жиноят мотиви
Жиноятнинг мақсади
Жиноят содир этишдаги emotsional holat.
Jinoyat tarkibi subyekt tomonining qasd kabi zaruriy belgilaridan tashqari, ba’zi jinoyat tarkibi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli boshqa elementlari ham ajralib chiqadi.
Ular jinoyat sodir etishdagi motiv va maqsadlar hisoblanadi. Ular ayb qatori shaxsning sodir etgan qilmishiga va uning oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabatning bildirish shaklini, mohiyati, darajasini ifodalaydi. Motiv va maqsad real harakatlarning aniq vazifalarini, vositalar tanlash va ularni hal etish usullarini qo‘yishni belgilaydi.
Ularning asosida jinoiy qilmishning ideal xayoliy modeli vujudga keladi hamda shuning bilan, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishiga, ya’ni aybiga nisbatan real ruhiy munosabatini tug‘diruvchi fundamentni ko‘rsatadi.
Har qanday qasddan sodir etilgan jinoyat qandaydir motiv va u yoki bu maqsadda sodir etiladi. Motiv va maqsadning ijtimoiy va kriminologik ahamiyati shundan iborat bo‘ladi. Эhtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarning motiv va maqsadlari mavjudligini инкор этилади.
Odam xulq-atvorining motivi shundagina jinoyat motivi bo‘ladiki, qachonki motiv jinoiy qilmishning barcha muhim xususiyatlarini qamrab olganida, bu esa faqat qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, qonunchilik motiv va maqsadni aybning ehtiyotsizlik shaklidagi jinoyat tarkibining zaruriy va kvalifikatsiyalangan belgilari qatoriga kiritmaydi.
Shuningdek, maqsad ko‘zlangan natija to‘g‘risidagi tasavvur bo‘lgani uchun hech ham ehtiyotsizlikning ichiga kiritish mumkin emas, deb hisoblash kerak emas. Shuning uchun ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlarga muvofiq faqat motiv va maqsad to‘g‘risida gapirish mumkin, biroq jinoyat to‘g‘risida emas.
Har qanday jinoyat tarkibi ham motiv va maqsadni ifodalayvermaydi.
Bu ko‘rinish motiv va maqsadning kvalifikatsiyasiga ta’sir etuvchi jinoyat subyekt tomoni fakultativ belgilarining jinoyat-huquqiy ahamiyatini aks ettiradi.
Motiv muayyan harakatlarni sodir etishga bo‘lgan niyat bo‘lib, xususan, jinoyat motivi o‘zida, odam ruhiyatida ro‘y beradigan juda qiyin emotsional (hissiy) va irodaviy jarayonni namoyon etadi. Chunonchi, motiv jinoiy faoliyatga shaxsning faol qiziqtiruvchi omili (stimul) hisoblanuvchi kuch va shiddat bilan intilishni beradi. Xulq-atvorning boshqa shakllaridan huquqiy bahosi va o‘zining yo‘naltirilganligi bilan ajralib turuvchi jinoyat individ ijtimoiy faolligi bir ko‘rinishi bo‘lgani uchun, jinoyat motivining jinoyat-huquqiy va kriminologik tushunchasi faqat ruhiy poydevor asosida quriladi va shunga muvofiq, xulq-atvorning hamma asosiy ijtimoiy va ruhiy qonuniyatlari, uning me’yoriy bo‘lmagan xarakteri bilan bog‘langan xususiyatini hisobga olgan jinoyatga ham xosdir.
Psixologiyada motiv ostida shaxs faolligi omili, ya’ni shaxs xulq-atvori negizida yotuvchi harakatdagi kuch tushuniladi.
Bunday kuchning manbai bo‘lib, ehtiyojlar, ya’ni hayotiy faoliyatning muayyan sharoitlaridagi anglangan va anglanmagan talablarning aks etishi kabilar ko‘rinadi1. Anglash jarayonida va ehtiyojlarni moddiylashtirishda shaxs ongining manfaatlar, qiziqishlar, intilishlar, istaklar va boshqa «elementlari» paydo bo‘ladi. Bu barcha mahsulotlar ehtiyojlar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular asosida shakllanadi, genetik planda «ikkilamchi» hisoblanadi, biroq aynan ular shaxsning bevosita harakatdagi kuchi – motivni shart qilib qo‘yadi.
Ko‘p hollarda manfaat shaxs faolligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Manfaat ehtiyojlardan hosil bo‘ladi. Psixologik tushunishda u o‘zida nimagadir shaxsiy ishtiyoqni2, ya’ni anglab yetilgan ehtiyojni namoyon etadi. Manfaatning anglab yetilganligi uni mayl (qiziqish)dan – ehtiyojning anglab yetilmagan kechinmasidan farqlaydi. Vujudga kelgan manfaat va qiziqish, o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘llariga ega. Shuning uchun ular ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan predmetni uchratganlarida xatti-harakatning motivi bo‘ladi. Ehtiyojning uning predmetida konkretlashganligi va bu muhim ehtiyoj bilan uni qondirishning sharoitlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik motivning – qilmishga undovchi psixika faol holatining vujudga kelishiga olib boradi.
Shaxsning manfaatlari uning ongida aks etgan holda, tasavvur, fikr-mulohaza, g‘oya, ideal ko‘rinishidagi motivatsion ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu motivning mohiyatini ko‘rsatuvchi tomon bo‘lib, uning asosida muayyan qilmishning oldindan kelib chiqadigan oqibatlarini hisobga olgan holda maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani hosil qiladi. Biroq bunday xulosa o‘zidan-o‘zi harakatga olib keladigan niyat bo‘lavermaydi (jumladan jinoyatga olib keladigan). Shaxsning faolligi intilish, istak, qiziqish, ehtiros kabi emotsional (hissiy) kechinmalar ta’siri ostida amalga oshadi. Hissiyot o‘zida ehtiyojning funksiyasini va subyekt tomonidan uning muhim ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini baholashni namoyon etib, ular motivning dinamik (energetik) tomonini belgilaydi1. Natijada, motivning ta’sirchanligi kuch va hissiy kechinmalarning keskinligi, ya’ni kuchayganligi va nihoyat ehtiyojning muhimligi hamda uni qondirishning o‘sha paytdagi imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Hissiy (emotsional) kechinmalarining o‘tishi shaxsning asab (nerv) sistemasi va ruhiy (temperament) holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qasdning vujudga kelishidan oldin ba’zan murakkab jarayon – turli imkoniyatlarni o‘ylab ko‘rish: harakat qilish yoki harakat qilishdan tiyilish, qaysi yo‘l bilan va qanday usulda harakat qilishda ko‘rinadigan motivlar kurashi bo‘lib o‘tadi2. Qaror qabul qilishda, oxirgi natijada subyektning keyingi irodaviy yo‘nalishini belgilaydigan eng kuchli bo‘lgan motiv yutib chiqadi.
Ko‘pincha, affekt holatidagi va «aqlsiz» sodir etilgan jinoyatlarda subyekt tomonidan ularning asl mohiyati aniqlanadi. Ba’zan bular subyektning ehtiyojlarni noto‘g‘ri aks ettirishidan kelib chiqadi. Turli odamlarda bir xil obyektiv shart bo‘lgan ehtiyojlar bir xil shaxsiy ma’no kasb etadi va ongda aks etgan holda ham doim jinoyatchining G‘ayriijtimoiyligini aniqlashni belgilash orqali singdiriladi.
Yuridik adabiyotlarda muqarrar anglab yetilgan niyatlar kabi motivlar to‘g‘risidagi tushunchalar ustunlik qiladi. Biroq shaxsning muammolarini o‘rganuvchi ko‘pgina faylasuf va psixologlar har qanday harakatning haqiqiy motivi har doim ham uzoq to‘liq anglab yetilmaydi deb hisoblaydilar3.
Motivning mazmundor tomoni, ya’ni qilmishni (harakat yoki harakatsizlikni) anglash – uni sodir etishning xayoliy tasavvuri – har doim ham bir xil ongda namoyon bo‘lmaydi, ba’zida esa, unda mutlaqo belgilanmaydi. Oxirgi holatda motivlashmagan xulq-atvor to‘g‘risida gapiriladi, garchi bunday motivlashmagan xulq-atvor bo‘lmasa ham. Bunday nomlanuvchi motivlashmagan xulq-atvorda (xatti-harakat) faqatgina motivning bitta kategoriyasi – niyat mavjud. Yana motivning dinamik tomoni sifatida keluvchi hissiyot kamdan-kam hollarda to‘g‘ri anglab yetiladi. Juda ko‘p hollarda ular ong osti darajasida yoki faqat ichki ruhiy darajada boshdan kechiriladi va ular subyektning kechinmalaridan tashqariga chiqib ketmaydi. Shuning uchun agar xatti-harakatning o‘zini anglamasalar, ya’ni xohish va ularning natijalarini anglamasalar, motivning anglab yetilganligi to‘g‘risida va shaxs qilmishini anglaganda bunday deyish mumkin emas.