Режа: Жиноят мотиви Жиноятнинг мақсади



Yüklə 35,92 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü35,92 Kb.
#201659
1   2   3
мустақил иш жиноят ҳуқуқи

Jinoyat huquqida affekt bu qisqa muddatli, to‘satdan paydo bo‘luvchi, jabrlanuvchining huquqqa xilof, axloqsiz xatti-harakatlari natijasida kelib chiquvchi kuchli ruhiy hayajonlanishdir.
Affekt fiziologik (jismoniy) va patologik (g‘ayritabiiy holat) bo‘lishi mumkin.
Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida yuzaga kelgan fiziologik affekt o‘zida shaxs ongida ustunlik qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari ustidan uning nazorat qilishini susaytiruvchi, intellektual faoliyatni ma’lum darajada tormozlantiruvchi, ongning torayishini ifodalovchi intensiv (birdan keskin kuchlangan) hissiyotni namoyon etadi. Biroq bu bilan ongning chuqur xiralashishi kelib chiqmaydi, o‘zini tuta bilish saqlanib qoladi va shuning uchun fiziologik affekt javobgarlikni istisno qilmaydi1. Patologik affektda shaxs jinoyat subyekti bo‘la olmaydi, chunki o‘zi sodir etayotgan qilmishining xususiyatini anglamaydi va ularni boshqara olmaydi, ya’ni o‘z qilmishiga javob bera olmaydigan bo‘lib qoladi.
Qonunchilik tomonidan kuchli ruhiy hayajonlanish holati (fiziologik affekt) jazo choralarini kamaytirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu munosabat bilan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-moddasi), onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 99-moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 106-moddasi) kabi bunday jinoyatlar tarkibi yengil holatlar qatoriga kiradi.
Yüklə 35,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin