Adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan vatanimiz jinoyat
qonunchiligining qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi holatlari
JK
13-moddasining 2- va 3-qismlarida
mustahkamlangan bo‘lib, ularga
muvofiq qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni
yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda
yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun
kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu
jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar
ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki
shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga
qaytish kuchiga ega emas.
Shuni nazarda tutish kerakki, qonunga aks ta’sir tushunchasini berish
nuqtai nazaridan qaraganda, qonun tushunchasi normativ-huquqiy
hujjatlardan farq qiladi, ya’ni qonun tushunchasi
JK 13-moddasi 1-
qismida
berilgan. Qonunning aks ta’sir kuchi vaziyatida qonun huquqiy
me’yorlar mustahkamlanadigan shakl emas, balki me’yoriy-huquqiy aktlar
mazmunidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatlarda qonunni
jinoyat-huquqiy normalarining o‘zi deb e’tirof etiladi va bu normativ-
huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan va mustahkamlangan. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat,
Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1,
2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 mart kunidagi
Dostları ilə paylaş: