Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


takroran jinoyat sodir etish



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

takroran jinoyat sodir etish,
shuningdek, 
og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar 
sodir bo‘lgan vaqt deb 
topiladi. 
Agar ijtimoiy xavfli qilmish 
ishtirokchilikda 
sodir etilgan bo‘lsa, u 
holda har bir ishtirokchining bu qilmishga qo‘shilgan vaqti hisobga 
olinadi. Bunday hollarda jinoyatni sodir etish faqatgina shu guruhning 
sodir etgan jinoyatinigina emas, balki bu guruhdagi har bir ishtirokchining 
97 


amalga oshirgan xatti-harakatlardagi ishtiroklaridan boshlab hisoblanadi. 
Shuning uchun, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar vaqtini aniqlashda 
bajaruvchidan tashqari, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilarning ham har 
bir harakati nazardan chetda qolmaydi. 
Shunday qilib, agar ishtirokchilikda yangi qonun kuchga kirgunga 
qadar jinoyat sodir etilsa, aybdor ilgarigi jinoyat qonunchiligi bilan 
ayblanadi. Bunda jinoiy tarkib ishni haqiqatan ham butunlay amalga 
oshirganligi yoki yangi qonun kuchga kirgandan keyin amalga oshirganligi 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, aybdor yangi qonun kuchga kirgunga 
qadar o‘g‘rilik qilish uchun guruh tashkil qilgan, haqiqiy o‘g‘rilik esa 
qonun kuchga kirgandan so‘ng bajarilgan. Bunda, jinoyat sodir etish 
paytini 
JK 13-moddasi 1-qismida
ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq 
aniqlanib, tashkilotchi eski qonun bo‘yicha javobgar bo‘lib, bajaruvchilar 
esa yangi qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
Bu masalaning ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning barcha 
ishtirokchilar uchun tamom bo‘lish vaqti bajaruvchi tomonidan jinoyatni 
sodir etish vaqtining hisoblanishiga asoslangan boshqacha yechimi odillik 
prinsipiga mos kelmaydi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish
yoki 
suiqasd qilish
shaxsga bog‘liq 
bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan tamom bo‘lmagan 
jinoiy faoliyatni keltirib chiqaradi. Shu sababli qilmish jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi va 
jinoiy faoliyat to‘xtatilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun qo‘llaniladi. 
Jinoyat kodeksi amal qilish doirasining ketma-ket va tizimli tarzda 
chegaralanishi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin