Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlashda tergov va
sud organlari asosiy
diqqat-e’tiborni uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni, ikkita
harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni, takroran sodir etilgan jinoyatlarni,
shuningdek, ishtirokchilikdagi jinoyatlarni tergov qilishga
qaratishlari
kerak.
Sodir etilgan jinoyatlar vaqti, odatda,
JK 13-moddasi 1-qismi
asosida
aniqlanib, unga muvofiq, qilmish jinoyat tarkibining barcha belgilariga ega
bo‘lgan payt jinoyat tamom bo‘lgan vaqt deb hisoblanadi. Bundan kelib
chiqib, jinoyatni sodir etish vaqti Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi
jinoyat tarkibi tuzilishiga bog‘liq, jumladan, davomli
jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilish uni tashkil qiluvchi oxirgi qilmish sodir etilganda
amalda bo‘lgan qonunga asoslanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: