Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Ijtimoiy xavflilik
umumjamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan 
shaxsning xulq-atvorini baholashga imkon beruvchi jinoyat-huquqiy 
muhofaza obyektlariga zarar keltiruvchi obyektiv xususiyatni ifodalaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy xavflilik mezoni, bu – nafaqat 
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazish qobiliyati, balki qilmishning xususiyati va uning ijtimoiy 
xavflilik darajasi hamdir. Ijtimoiy xavflilik xarakteri jinoyat qonuni 
tizimida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u asosiy qadriyat hisoblanuvchi 
shaxsning hayoti va sog‘liqi, huquq va erkinliklarini belgilab beruvchi 
qoidalardan kelib chiqadi. 
117 


NOTA BENE ! 
Ijtimoiy xavflilik xususiyati
– alohida olingan jinoyatning ijtimoiy 
holati bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi va ushbu 
ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratilgan tajovuzlar, zararning tarkibi, 
joyi, qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, ayb shakllari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatning miqdor ko‘rsatkichini aks 
ettirib, zararning hajmi, qasd va ehtiyotsizlik shakllari, jinoyatning motivi 
va maqsadi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, vaziyat, usul va 
boshqa holatlar bilan belgilanadi. 
NOTA BENE ! 
Ijtimoiy xavflilik darajasi
– bu ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil 
bo‘lgan jinoyatlarning qiyosiy xavflilik darajasi ifodasidir. 
Sud-tergov xodimlari jinoyatni aniqlashda ijtimoiy xavflilik xususiyati 
va darajasidan kelib chiqqan holda aybdorning shaxsi va ish holatlarini, 
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga 
olish haqidagi individual yondashuvni o‘z ichiga olgan qonun talablariga 
so‘zsiz rioya qilishlari kerak. Oliy sud Plenumi ko‘rsatmalariga muvofiq, 
«jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va 
sog‘liqi, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning 
qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi. 
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari 
(jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari, jinoyatni 
sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, 
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan 
belgilanadi»
1


Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin