NOTA BENE !
Ijtimoiy xavflilik xususiyati
– alohida olingan jinoyatning ijtimoiy
holati bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi va ushbu
ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratilgan tajovuzlar, zararning tarkibi,
joyi, qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, ayb shakllari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatning miqdor ko‘rsatkichini aks
ettirib, zararning hajmi, qasd va ehtiyotsizlik shakllari, jinoyatning motivi
va maqsadi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, vaziyat, usul va
boshqa holatlar bilan belgilanadi.
NOTA BENE !
Ijtimoiy xavflilik darajasi
– bu ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil
bo‘lgan jinoyatlarning qiyosiy xavflilik darajasi ifodasidir.
Sud-tergov xodimlari jinoyatni aniqlashda ijtimoiy xavflilik xususiyati
va darajasidan kelib chiqqan holda aybdorning shaxsi va ish holatlarini,
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga
olish haqidagi individual yondashuvni o‘z ichiga olgan qonun talablariga
so‘zsiz rioya qilishlari kerak. Oliy sud Plenumi ko‘rsatmalariga muvofiq,
«jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va
sog‘liqi, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning
qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari
(jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari, jinoyatni
sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi,
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan
belgilanadi»
1
.
Dostları ilə paylaş: