Insonlar tomonidan sodir qilinadigan turli-tuman qilmishlarning
xavflilik xususiyatini hisobga olgan holda qonun
chiqaruvchi ular orasidan
boshqalariga nisbatan ijtimoiy xavfliroq bo‘lganlarini jinoyat qonuni
normalarida ifodalab, ularni jinoyat deb e’lon qiladi.
JK 14-moddasi 2-qismiga ko‘ra, kam ahamiyatli qilmishlar
jinoyat
deb topilmaydi. Qilmishning kam ahamiyatliligi (JK 36-moddasi) Jinoyat
kodeksida nazarda tutilgan qilmishning belgilari rasmiy mavjud bo‘lsa-da,
aslida hech qanday ijtimoiy xavfli xususiyatni aks ettirmaydi.
Qilmishni kam ahamiyatli deb topish va uni jinoyatni istisno qiluvchi
holat deb topish masalasi ish holatlariga bog‘liqdir. Sud-tergov
amaliyotida qilmishning kam ahamiyatliligi masalasi ko‘rilayotganda
zararli oqibat
haqiqatan kelib chiqqanligi, qilmishni sodir etish usuli, ayb
shakli, motiv va maqsadiga e’tibor qaratish lozim. Agar sodir etilgan
qilmish kam ahamiyatlilik belgisiga ega bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi
mumkin emas, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi
esa jinoyat tarkibi mavjud
emasligi tufayli tugatilishi kerak.
Agar konkret qilmish jinoyat deb topiladigan bo‘lsa, uning ijtimoiy
xavflilik xususiyati va darajasi ish holatlarini (ayb shakli, jinoyat sodir
qilish usuli, motiv, jinoyat sodir etish vaqti va holati, kelib chiqqan
oqibatning og‘irligi, ishtirokchilarning jinoyatni
sodir qilishdagi
qatnashganlik darajasi, xususiyati va boshqalar) hisobga olgan holda
aniqlanishi lozim.
Ijtimoiy xavfli bo‘lgan qilmishni sodir qilish o‘z-o‘zidan davlat
tomonidan jinoyat-huquqiy ta’qib va jinoyat-huquqiy muhofazani
vujudga
keltirmaydi, javobgarlikning majburiyligi jinoiy javobgarlikning asosi
hisoblanmaydi. Jinoyat va jazo masalalari huquqqa xilof, jinoyat
qonunida
belgilangan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi, jinoyat
huquqi
normalaridagi aniq bir jinoyat alomatlariga ega bo‘lgan qilmish sodir
etilgandagina yuzaga keladi.
Jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy normalarga qarshi qaratilgan,
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan taqiqlarni
buzadigan
ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik uchun qo‘llaniladi.
119