Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

 
 
128 


IV BOB. JINOIY JAVOBGARLIK
VA UNING ASOSLARI 
1-§. Jinoiy javobgarlik tushunchasi 
JK 16-moddasi
jinoiy javobgarlikni yuridik javobgarlikning bir 
ko‘rinishi sifatida atroflicha yoritib beradi. Ushbu moddaga ko‘ra, «Jinoyat 
uchun javobgarlik – jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan 
sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi 
qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. 
Ushbu kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos 
bo‘ladi». 
JK 16-moddasi 1-qismida
bir qator alomatlarga ega bo‘lgan 
jinoiy 
javobgarlik tushunchasi
o‘z ifodasini topgan. 
Birinchidan, jinoiy javobgarlik o‘zining yuridik ma’nosiga ko‘ra 
jinoyat sodir etishning oqibati hisoblanadi. Ikkinchidan, u ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etilishidan keyin vujudga keladi. Uchinchidan, jinoiy 
javobgarlik sud hukmi bilan jazo va boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda 
ifodalanadigan davlat majburlov chorasidir. To‘rtinchidan, u jinoyat-
huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladi, amalga oshiriladi va 
to‘xtatiladi. 
Qonun subyektlarga ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmaslik 
majburiyatini yuklaydi, ya’ni muayyan harakatlarni sodir qilmaslik yoki 
bajarilishi shart bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish. Bu majburiyat 
barcha uchun majburiy va muayyan bir shaxs uchun alohida hisoblanadi. 
Ushbu majburiyatlarning bajarilishini talab qilish davlat organlarining 
huquqi hisoblanadi. Yuridik normalar buzilganda davlat aybdor shaxslarga 
nisbatan majburlov choralarini qo‘llaydi. 
Shu bilan birga, o‘z-o‘zidan qonunda biror-bir normaning yozma 
ifodalanganligi jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini anglatmaydi. 
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jinoiy javobgarlik faqatgina haqiqatan 
sodir etilgan aybli qilmish uchun qo‘llanilishi lozim. Qonun normalari 
jamiyat hayotining real sohalarini qamrab olishi uchun jismoniy shaxslar 
129 


jinoyat-huquqiy taqiqlarga rioya qilishlari kerak. Bu talablar shaxs, jamiyat 
va davlat manfaatlaridan kelib chiqadi, javobgarlikning hajmi va 
chegarasini aniqlaydi. Bu talablarsiz subyektlar o‘z xulq-atvorini hech 
narsa bilan solishtira olmaydi. 
Jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy normalar vositasida ijtimoiy 
jihatdan zarur bo‘lgan munosabatlarning faoliyatini ta’minlaydi. 
Ushbu javobgarlik JK 2-moddasida ko‘rsatilgan qadriyatlarni jinoyat-
huquqiy normalar bilan muhofaza qilishning asosi hisoblanadi. 
Jinoiy javobgarlik keng ma’noda jinoyat-huquqiy munosabat 
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalangan qonun normalarini 
ijro etish protsessi, u yoki bu nizoning adolatli hal qilinishi natijasi bo‘lgan 
jinoyat-huquqiy normalarning bajarilishi, aybdor shaxslarga nisbatan jazo 
tayinlaydigan maxsus organ – sudning shaxslar tomonidan sodir 
qilinadigan ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan salbiy munosabatini 
ifodalaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin