jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning sifat belgisini ifodalaydi. Uni aniqlashning
asosi sifatida tajovuz obyektining ahamiyati, ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir qilish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar (moddiy, jismoniy,
ma’naviy va boshqalar) xizmat qiladi.
Masalan, bir turdagi jinoyat obyektiga tajovuz qiluvchi jinoiy
qilmishning xususiyati ham bir xildir (masalan, shaxsning ozodligi, sha’ni
va qadr-qimmatiga yoki davlat xavfsizligi va konstitutsiyaviy tuzumga
qarshi jinoyatlar).
Ijtimoiy xavflilik darajasi — bir xususiyatdagi jinoyatlar ijtimoiy
xavfliligining miqdor ko‘rsatkichidir. Uni aniqlashda yetkazilgan zarar
miqdori, jinoyat sodir etish usuli, ayb shakli, motiv va maqsad hamda
boshqa holatlar hisobga olinishi mumkin.
Ushbu ikki aspektning bitta jinoyat-huquqiy mezonga birlashishi JK
Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni tasniflashga yordam beradi.
Bular: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta
og‘ir jinoyatlar
(JK 15-moddasi 1-qismi). Ijtimoiy xavflilikning darajasi va xususiyati faqatgina jinoyatlarni
tasniflash asosi bo‘libgina qolmasdan, balki ular qilmishni jinoyat sifatida
baholovchi belgi ham hisoblanadi, shuningdek, ular sudlar tomonidan jazo
tayinlash vaqtida hisobga olinishi kerak.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatiga asoslangan ijtimoiy
xavflilik darajasi, shuningdek, ayb shakliga qarab barcha jinoyatlar to‘rtta
turga bo‘linadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, jinoyatlarni tasniflashga
sodir qilingan jinoyatning turi va miqdori, uning huquqqa xilofligi asos
qilib olingan.
124
Dastlabki ikki kategoriyaga qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir
etilgan jinoyatlarni kiritish mumkin. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar esa,
faqat qasddan sodir etiladi.