Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 155-moddasi 3-qismi).
125 


Jinoyat qonunida belgilangan qoidaga ko‘ra, uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyatlar turkumiga sanksiya qismida qasddan sodir etiladigan, besh 
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlar taalluqlidir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, 
nazarda tutilgan jazo, o‘z navbatida, boshqa yengil turdagi jazolar bilan 
muqobil ravishda mos kelishi kerak.
Og‘ir jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida 
besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 4-
qismi). 
Ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi eng yuqori jinoyatlar – o‘ta 
og‘ir jinoyatlardir. 
O‘ta og‘ir jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi 
(JK 155-moddasi 5-qismi).
Bu turkumdagi jinoyatlarga qonun chiqaruvchi, eng avvalo, shaxs 
hayoti va sog‘liqiga qarshi qaratilgan qasddan sodir qilinadigan jinoyatlar, 
shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan 
jinoyatlarni kiritgan. 
Jinoyatni tegishli turkumga kiritish JKda belgilangan huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Retsidiv jinoyatni xavfli yoki o‘ta xavfli deb 
topish masalasi shaxsning ilgari sodir qilgan uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir 
va o‘ta og‘ir jinoyati uchun necha marotaba sudlanganligiga qarab, hal 
qilinadi (JK 34-moddasi); umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat 
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi); shaxs 
jazoni o‘taydigan koloniyaning turi sodir etilgan jinoyat qaysi turkumga 
kirishi bilan bog‘liq holatda belgilanadi. 
Jinoyatlarni tasniflashda jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash 
(JK 33-moddasi), jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK beshinchi bo‘limi), 
shu jumladan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi (JK 64-
moddasi), sudlanganlik holatining tugallanishi (JK 78-moddasi) 
munosabati bilan, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 
126 


majburlov choralarini qo‘llash (JK 88-moddasi) va boshqa holatlar 
bevosita bog‘liqdir. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin