O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI”
KAFEDRASI
“BETON TO’LDIRUVCHILAR TEXNOLOGIYASI”
FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN
USLUBIY KO‘RSATMA
Ta’lim yo‘nalishi:
5340500
Qurilish materiallari,
buyumlari va konstruksiyalari
ishlab chiqarish (sirtqi)
JIZZAX - 2021 yil
95
96
AMALIY MASHG‘ULOTLARGA KO‘RSATMALAR
Talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va
ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek,
darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga
erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop
etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha
taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan
foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari
yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya
yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol
usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Bakalavr mustaqil
ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga
oshiriladi. Bakalavr olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga
navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda
tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
|