6
Sement va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi
(avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). SHuning
uchun to‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton
xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton
tarkibini loyihalashda
hisobga olish taqazo etiladi.
To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish
chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon
to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi,
chunki
to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi.
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan engil
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: