32
xajmining foydali qazilma xajmiga nisbati ochish koeffsentini ifodalaydi.
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash,
foydali
qazilmalar ustni ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda
ochish ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil
qilishda transheyalar yotqiziladi. (rasm2.1)
Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish:
1-
pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan
maydon.
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U
bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta
vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi.
Qazib olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m
ni tashkil etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskovatorla ,
skriperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir chumichli bir kurakli
ekskavatorlar qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarni cho‘michining balandligi 6-
30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. To‘g‘ri
kurakli bunday
ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida transport vositalari bilan
bir qatorda joylashadi. Ekskavator – draglayndan bir kovushlidan shunisi bilan
farq qiladiki, ularning kovushi katta belkurakli bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan
bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan joyini pastki qismini qaziydi, shu sababli konning
yuqori joylarida ishlatiladi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar xozirda eng ko‘p
ishlatiladi. Xanjirli ko‘p kovushli ekskavatorlar konveyr shaklidagi tuxtovsiz
33
xarakatlanuvchi cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali
transporterda tashlash bilan bajariladi. CHo‘michlarning sig‘imi katta emas,
lekin zanjirda ularning soni 40 donagacha etadi. SHu sababli ularning to‘xtovsiz
xarakatida yuqori maxsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli
burchklarda joylashagna bo‘lishi mumkin , ya’ni ekskavator turgan joy
darajasida va ish pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. Agar
qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, donalari
yirikligi bilan farq qils, uxolda ko‘p qavatli ekskavatorda qazib olishda qamning
donadorlik
tarkibi mutadillashtiriladi, bu esa jobiy faktor xisoblanadi.
Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘pcho‘michli rotorli ekskavatorlar xam
ishlatiladi, ularni ichki organlari o‘q yaqinida aylanuvchi rotorni cho‘michlar
osilgan xalqa kiradi. CHo‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida
joylashgan lentali transportyorga yuklanadi va bunker transport vositalari yoki
maxsus chuqurlarg uzatiladi. Rotorni ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat
ishlash oson kechadi. Ko‘p cho‘michli ekskavatroning bir cho‘michlidn afzalli
tomoni qazish ishlarini
uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil
to‘ldirish, 1t massa uchun katta i/ch maxsuldorligi energiyaning kam solishtirma
sarfi qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta
bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va birjinsliligini sistematik nazorat
qilinadi. Sifati past qum uchastkalari vayta ishlanmaydi yoki maxsus
chuqurlarga to‘kiladi. Qum koni uchun asosiy transport turi bu tirkamali va
yarimtirkamali avtosomosvallar va avtotyagachlar xisoblanadi. Bundantashqari
elektromotorli samosval trolleyvozlar (motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar
vagonlar va platformalar), kanatli osma yo‘llar kiradi.
Ko‘p xollarda lentali transporterlardan iborat to‘xtovsiz
xarakatlanuvchi
konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan
birga qo‘llash o‘ta samarali xisoblanadi. Konveyr transportini ishlatish
ekskavatorlar ishlashini uzluksizligini ta’minlaydi, ularning maxsuldorligini 35-
50% ga oshiradi, boshqarish va i/ch ni avtomatlashtirish imkonini beradi,
olingan qumning tarkibini va kapital xarajatlarigi pasaytiradi. Kon ichida va
undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyrdan foydalanish imkoniyati mavjud.
Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni
qazib olish ekskavator-
draglaynlarda, kanatli skreperlarda amlga oshiriladi va eng samaralisi bu
gidromexanizatsiyalashgan qazib olish xisoblanadi. Suv ostidagi qum konlarini
qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan er suruvchi skeredlar keng ishlatiladi.
Ularda pokton mavjud bo‘lib, malum pozitsiyaga troslar, langarlar va
34
qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonga tuproq so‘ruvchi
markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi
uskuna va zarur xolda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va
bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli
aralashma ko‘rinishida so‘riladi, so‘ruvchi aralashma uzatuvchi yordamida
yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli
aralashmali qazib olishda gidro-elevatorlar ishlatiladi.
Qum suvli aralashmalar
qirg‘oq bo‘yidgi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv xavzaga
qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon
qo‘shimchalardan tozalash boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni
gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv xavzalarida
emas, balki suvli tekislik konlarida xam ishlatish mkmkin. Suv yuzasidan
yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromagnitorlarda bajariladi.
Gidromagnitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va oxirida tor nasadni
mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv xavzasidan
uzatilgan suvgidromagnitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog‘
konlari
sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustaxkam tog‘ jinslarini buzish
xususiyatiga xam ega. Qumni aslida suvning 0.3-0.5MPa bosimi etarli bo‘ladi.
Maxsus chuqurlikka suv qumli aralashma o‘z og‘irligida xarakatlanadi, qiyshiq
trubalar yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: