Referat mavzulari ro’yxati


 Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

2. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar 
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan 
chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq 
toshi o‘rnini bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan 
granit chaqiq toshiga nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq 
toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash 
mumkin. 
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va 
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton 
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va 
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun 
xam taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas, 
balki uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi. 
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan 
to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha 
mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga 
muvofiq bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, 
ular asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi 
davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi. 
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy 
xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni 
muhofaza qilishda xam samarali hisoblanadi. 
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi 
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo 
materiallar sifatida qo‘llaniladi. 


23 
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan 
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida 
ishlatiladi. 
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma 
vaqt alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda 
olinadi. 
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli 
boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-
chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% 
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda 
mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni 
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori 
mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 
YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi 
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va 
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan 
jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan 
jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 
kg/m
3
ni tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida 
mustaxkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va 
bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi. 
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy 
g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli 
jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu 
sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. 
Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun 
etarli hisoblanadi. 


24 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin