Referat mavzulari ro’yxati


Tabiiy zich tosh jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. Xomashyo bazasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

2.Tabiiy zich tosh jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. Xomashyo bazasi 
To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasini zich 
tabiiy tog‘ jinslari asosidagi toshlar tashkil etadi. Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ 
jinslari 3ta sinfga bo‘linadi: otqindi, cho‘kindi va metomorfik. 
Otqindi tog‘ jinslari
-
erigan magmaning qotishidan yuzaga keladi. 
Ularning tarkibi va xususiyati magmaning qotish sharoitidan kelib chiqadi. 
Ichki (intruziv) otqindi jinslar magmaning sekin qotishidan yuzaga keladi va 
donador-kristal tarkibga ega bo‘ladi. Tashqi (effuziv) otqindi jinslar 
magmaning tashqi yuzada juda tez qotishidan yuzaga keladi, bunda 
kristallanishi to‘liq sodir bo‘lmaydi va shishasimon yopiq kristalli tarkibga 
ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra otqindi tog‘ jinslari bo‘linadi: 
1.Nordon (SiO
2
-65% ko‘p) 
2.O‘rta (SiO
2
-55-65%) 
3. Asosiy (SiO
2
-55% dan kam) 
Nordon otqindi tog‘ jinslariga donador kristall tarkibli ichki tog‘ jinsi 
granitlar kiradi. Tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallar quyidagilar: dala shpati 
(asosan ortoklaz K
2
O·Al
2
O
3
·6SiO
2
)- 70% gacha; kvars (kristall kremnezem- 
SiO
2
)–20% dan ko‘p; slyudalar (muskovit, biotit) va boshqalar – 5%gacha. 
Granit otqindi tog‘ jinsi sifatida to‘ldiruvchilar olishda eng ko‘p 
ishlatiladi. Granitning zichligi 2600-2700kg/m

ni tashkil etadi. Suv 
shimuvchanligi 0,5% dan oshmaydi. Siqilishga mustahkamligi 100MPa dan 
yuqori, ba’zan 200-250MPa ga etadi. Rangi qizg‘ish yoki kulrang. 


14 
O‘rta otqindi tog‘ jinslariga ichki jinslar (diorit, sienit) va tashqi (andezit, 
traxit) jinslar misol bo‘ladi. Andezit va traxit ishqorlar bilan aktiv bog‘lanadi, 
shu sababli ularni sementli betonlarda qo‘llash chegaralangan. Andezit va traxit
kislotaga bardoshli to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Diorit va sienit esa granitdan 
tarkibida kvars yo‘qligi bilan ajralib turadi. Diorit va sienit tabiatda kam 
uchraydi. Diorit to‘q yashil tusga ega, sienit esa yorqin yashil ranga ega. 
Dioritning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 250MPa gacha, sienitniki esa 
180MPa gacha bo‘ladi. 
Asosiy otqindi tog‘ jinslariga ichki yuzaga kelgan tog‘ jinslari gabbro va 
tashqi bazalt va diabaz kiradi. Bu tog‘ jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga 
mustaxkamligi – 300-500MPa) va yuqori zichligi (3000kg/m

dan yuqori) bilan 
ajralib turadi. 
CHo‘kindi tog‘ jinslari mavjud tog‘ jinslarining tabiatda buzilishidan 
yuzaga keladi. YA’ni suv, shamol, harorat o‘zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy 
emirilishlar natijasida paydo bo‘ladi. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va 
shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar 
hisoblanadi. Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan 
qumlarga aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga 
kvars- dalashpati qumi deyiladi. 
Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib 
chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. SHu narsa ma’lumki,
oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir 
joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. SHu sababli suv oqimi qum va 
shag‘alni bir joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi. 
SHamol ta’sirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning 
betonlarda qo‘llash chegaralangan. CHunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, 
donalari o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini 
yomonlashtiradi. 
To‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni karbonatli cho‘kindi 
jinslar-ohaktosh va dolomitlar egallaydi. Ohaktoshlarning asosiy mineral tashkil 
qiluvchisi bu kalsit SaSO

hisoblanadi. Kristall ohaktoshlarning zichligi-
2700kg/m

va siqilishga mustahkamligi 200MPa gacha bo‘ladi. 
Oxaktoshlar portlandsement toshidagi ishqorli muxitga chidamli bo‘lib, 
betonda u bilan yaxshi bog‘lanadi va och kulrang yoki sariq ranga ega. 
Dolomitning asosiy mineral tashkil etuvchisi esa SaSO
3
· MgSO
3
.Bu tog‘ 
jinsi xam o‘ta zich va mustahkam bo‘lishi mumkin. 


15 
Metamorfik tog‘ jinslari
 
otqindi yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini erning 
chuqur qismida yuqori bosim va xarorat ta’sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi. 
Metamorfik tog‘ jinslaridan to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda gneyslar 
ishlatiladi. Gneyslar granitdan qavatma qavat joylashuvi bilan farq qiladi. 
Marmarlar esa ohaktoshlarning perekristallizatsiyasi jarayonida yuzaga keladi, 
kalsit kristallaridan iborat bo‘ladi. Mustahkamlik chegarasi yuqori (300MPa 
gacha) bo‘ladi, tabiatda turli ranglarda uchraydi, maydalashda qirrali yuzali 
donalar olinadi va beton uchun og‘ir to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 
O‘zbekistonda beton uchun to‘ldiruvchilar olishda yaroqli tog‘ jinslarining 
tabiiy xom ashyo ba’zasi katta miqdorda mavjud bo‘lib, ularning barchasidan 
hali to‘liq foydalanilgani yo‘q. Tabiiy zahirani qayta ishlashda ekologik muhitni 
xisobga olish kerak. Qayta ishlovdan so‘ng o‘sha er landshaftini qayta 
tiklashning maksimal yo‘llarini izlash kerak bo‘ladi. 
Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan engil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar 
ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar xam kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, 
zich tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay beton 
olish uchun keng qo‘llaniladi. 
G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va 
shag‘alga bo‘linadi. SHag‘al esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10mm, 
10...20mm va 20...40 mm. SHag‘al quyidagi yiriklik bo‘yicha xam ruxsat 
etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarning markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi. 
Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m
3
bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga 
mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m

bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos 
keladi va boshqa. QMQ bo‘yicha g‘ovak shag‘alning markasi 300,350,400 va 
hokazo 1200gacha 100kg/m
3
oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi
500...1400 kg/m
3
ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning 
mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya’ni silindrda maydalanishdagi 
mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini 
betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
turli markalari bo‘yicha engil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. SHu sababli 
to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir-biri 
bilan bog‘liqdir. Aytish mumkinki, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari 
qancha kichik bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori 
bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayadi, ya’ni 
materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. 


16 
G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning 
mustaxkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan 
tog‘ jinsi mustahkamligidan etarlicha yuqori bo‘ladi. SHag‘alning yumshash 
koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruksion-teploizolyasion 
betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa 
0,7dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon va 
cho‘kindi turlarga bo‘linadi. 
Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan 
jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g‘ovak 
bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, ya’ni magmaning 
ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning er ostidan chiqishida 
bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar 
pufakchalar xolatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida 
qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak 
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi. 
Tabiatda pemza qum, shag‘al yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatidi 
uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta 
ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy 
tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi 
va tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi. 
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli 
aylanadan yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 
85% ga etadi. Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m
3
ni , pemza 
shag‘ali esa 400-900kg/m
3
ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
ni tashkil qiladi. 
Pemza shag‘alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni 
tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining 
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan 
baholanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin