Referat mavzulari ro’yxati


 Boyitilgan g‘ovak to‘ldiruvchilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

3. Boyitilgan g‘ovak to‘ldiruvchilar 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi 
bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini 


19 
kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish 
jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq engil g‘ovak 
to‘ldiruvchilarning spetsifik xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish 
usullaridan foydalaniladi. 
Masalan, suvli muhitda aniqlanuvchi ishlar xavo muxitida bajariladi. 
Buning uchun pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinalardan foydalaniladi.(Rasm 
3.1.)
Rasm 3.1.Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi:
1- ventilyatorda 
xavoni uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5-o‘ta og‘ir donalarni 
saralash; 6- nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7- engil maxsulotlarni chiqishi; 
8-changlangan xavo
Ventilyatordan tushuvchi havo oqimi bir klapanga va boshqa mashina 
klapaniga ketma-ket uzatiladi va panjarada material qavatida pulsasiya sodir 
bo‘ladi. Natijada xavo oqimi tasirida material ikkita engil va og‘ir qismlarga 
ajraladi. Bunda og‘ir donalar pastga va engillari yuqoriga chiqadi. 
To‘ldiruvchilar og‘ir va engiliga ajratiladi va shu bilan birga changdan 
tozalanadi. 


20 
Rasm 3.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan 
separatorning sxemasi: 
1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5- 
to‘ldiruvchilarni yuklash; 6-engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir 
maxsulotning chiqishi 
Og‘ir to‘ldiruvchilarni ajratish suvli suspenziyada bajarilsa, g‘ovak 
to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu qurilma 
quyidagicha ishlaydi(rasm 3.2.): filtr orqali havo qum qavatiga uzatiladi va 
natijada qum qaynaydi. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha kerakli 
zichlikdagi suspenziyaga moslab tanlanadi, bu erda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir 
qismi cho‘kadi, qolgani qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik 
to‘ldiruvchi qum bilan birga olinib, elak(groxot)dan o‘tkaziladi. Qum yana 
qurilmaga qaytariladi. To‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish havo oqimi ta’sirida 
ham bajariladi (rasm3.3.).
Rasm 3.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish:
1-engil 
maxsulot; 2-nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi

Bunday usulda yirik to‘ldiruvchilarning zichligi bo‘yicha sinflarga 
ajratish mumkin. YUqorida sanalgan barcha usullarda g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
ikki sinfga ajratish mumkin, ya’ni uni bir jinslilikka keltiriladi va og‘ir 
qo‘shimchalardan xalos etiladi. 
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, 
ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ 
jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga 
bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha: 
oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub shaklidagi – 15% 
gacha; qirrali – 10%gacha. 


21 
G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ 
jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin