4. Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli
qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli
qumni olib kelish katta sarf xarajatlarni talab etsa, u xolda qumni boyitish
iqtisodiy samara beradi.
Qumni boyitish bu 5mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va
gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat.
36
Qumdan changsimon gilsimon va loyqa qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun turli
konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi.
Rasm 4.1. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi:
1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to‘kish; 3- aylanuvchi spiral; 4- suvni
uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo‘shatish.
Rasm 4.2.Qum yuvish apparati: 1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo‘shatish;
3- xalqali elevator;4-konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni
to‘kish.
Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.4.1 va rasm.4.2 da keltirilgan.
Qumni suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va tozalashdan iborat
bo‘lib, bunda qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv
bilan birikib changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda
oqiziladi. Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag‘alli
aralashmadan qumni navlarga ajratishda elaklar qo‘llaniladi va bu elaklarning
o‘zida qumlar yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunda
yuvishlari ishlarining sifati maxsus qumyuvgichlar ishlatganga nisbatan
pastroq. Qumni yuvgandan so‘ng uni qayta qayta quritish shart bo‘lib, bu
37
ayniqsa qishki mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi. SHu sababli
qumni quruq usullarga boyitishga xam e’tibor beriladi, masalan xavoga
uloqtirilgan qumni xavo oqimida tozalash. Bunday usulda tabiiy qum donasi
sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari
asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo‘laklariniolib tashlash
mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik
tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida
mavjud konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini
20-30% va ba’zan 50%gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiruvchi
tabiiy qum yoki maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq.
O‘zRST 728-96 bo‘yicha mayda tabiiy qumni boyitishda yirik fraksiyalar
sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi. Noruda
materiallar sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu qumni fraksiyalash
bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi.
Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda
tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday
ishlarning bajarilishi standartda ko‘zda tutilgan. Qumni fraksiyalashning
zarurligi shundan iboratki, ko‘pgina qum pechlaridagi qum donadorlik tarkibi
bo‘yicha bir jinsliligi etarli emas. Ba’zida agar qumning donadorlik tarkibi
standart talablariga javob bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin.
Masalan 0.63mm li elakda qolgan to‘la qoldiq 20dan 70% gacha bo‘lishi
mumkin, bunday qum yirikligi bo‘yicha turli guruxlarga mansub bo‘lishi
mumkin, kam miqdorda bo‘shliqligi va solishtirma yuzasi bilan fraksiyalanadi.
Beton tayyorlashda esa sementning qo‘shimcha saralanishiga olib keladi.
Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi,
bunda nazorta elaklar 1.25 yoki 0.63mm ga mos keluvchi donalarga bo‘linadi.
SHunday qilib yirikligi 0-5mm li oddiy qum o‘rniga istemolchi talabiga ko‘ra
aloxida yirik qum (1.25-5 yoki 0.63-5mm) va mayda qum (1.25 yoki 0.63mm
gacha) ishlab chiqarish mumkin. Konlarda qumni fraksiyalashda mayda va
yirik fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi
mumkin, chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi. Biroq beton
tayyorlashda 0.63mm dan kichik fraksiyali qumni 0.63-5mm li fraksiyali qumga
aralashtirganda masalan, 1:1 proporsiyada (massa bo‘yicha), xosil bo‘lgan
aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton sifatini
oshiradi va sement sarfini kamaytiradi. Biroq 2ta muammo mavjud: birinchi
fraksiyalash texnologiyasini tanlash; ikkinchi 2ta fraksiyadagi bo‘lingan
38
qumdan foydalanishning samarali sharoitini ta’minlash. Biroq ko‘pgina beton
va temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish
sexlarida qumning ikki fraksiyasini miqdorlash, qabul qilish va omborga joylash
kabi sharoitlar yaratilmagan. Amaliy jixatdan fraksiyalangan qumni talab
etilgan nisbatdagi va donadorli tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish
mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson
kechmas ekan, demak ular asosida bir jinsli aralashma qurilmalari talab etiladi
va qumning tannarxi oshadi. SHu sababli korxonalarda beton i/ch ning eng
to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki fraksiyasini ishlatish va omborga aloxida saqlash,
so‘ngra beton qorishmasi tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga
aralashtirish. Bu asosan yangi korxonalarni loyixalashda va qurishda, xamda
mavjudlarini qayta tamirlashda nazarda tutiladi. Ko‘p fraksiyali qum
aralashmasi to‘kish jarayonida bunkerlardan tushirishda shtabellar yoki
konuslardan bo‘shatganda, lenta konveyrlarda uzatishda qavatlanish yuzaga
keladi, donalar yirikligi bo‘yicha ajralib qoladi, natijada donadorlik tarkibini
optimallashtirishda qiyinchilik yuzaga keladi. SHu sababli qumlarning
fraksiyalash va istemolchi talabiga ko‘ra bo‘lgan xolda etkazish maqsadga
muvofiqdir.
Ris. 4.3. Gidravlik klassifikatora sxemasi:
Tajriba sharoitida qumlarni elaklar ikkita fraksiyaga ajratish
oson kechadi, biroq i/ch sharoitida bu qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Qumni i/ch
sharoitida boyitish fraksiyalash gidravlik klassifikatsiyada bajariladi. Donadorli
39
materiallarni gidravlik klassifikatsiyalash standartda keltirilgan bo‘lib, turli
zichlikdagi va yiriklikdagi donalarni suvli muxitda turli to‘ktirish bilan
aniqlanadi. Qum donalari zichligi deyarli bir xil bo‘lib , gidravlik
klassifikatsiyalashda qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi.
Turli gidravlik klassifikatsiyalar mavjud: gravitatsion turli og‘irlik kuchi
xisobiga donalarning ajratilishi sodir bo‘ladi va markazdan qochma oqimning
aylanishi xisobiga markazdan qochma tezlashtirgich ta’sirida ajratish
intensivligi oshiradi. Gidromexanizatsiyalashgan konlarda qo‘llanilayotgan
gidravlik klassifikatorlarning sxemasi rasm 4.3.da ko‘rsatilgan. Gidravlik
klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish orqali ishlaydi.
Birinchi xolatda (rasm 4.3.a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi qurilma orqali
truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor -8 orqali klassifikatsion kamera 4ga
etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera yuqorisidan o‘tib
truba 5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka 12 ga cho‘kadi va patrubka 2
orqali uzatiladi. Ikkinchi xolatda (rasm 4.3. b) suvli aralashma truba 1
yordamida yuqoridan uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera 14da bo‘linadi,
chunonchi mayda donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza
suv oqimining tezligidan kichik, shu sababli diffuzor 8 orqali trubaga kiradi,
nisbatan yirik donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv
oqimida bo‘lmaydi, shu sababli klassifikasion truba 16 orqali voronka 12ga
tushadi va truba-2 orqali tashqariga chiqariladi. Gidravlik klassifikatorga
tushuvchi toza suv oqimining to‘lqini nazorat qilish orqali qumni talab etilgan
dona yirikligida ajratishga erishish mumkin. Mayda qumni kisman
suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator gidratsiyada amalga oshiriladi.
Suvli aralashma tangensial ravishda siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida
aylanadi. Bu xolatda qumlar oqimidan chiqadi va devorda ushlab qolingan
xolatda pastga tushadi, suv esa chang va gillar bilan birga yuqori patrubka
bo‘ylab chiqariladi. Keyingi qumning suvsizlantirish maqsadida omborda dreja
ishlatiladi. Standart bo‘yicha boyitilgan va fraksiyalangan qumlar tarkibida
40
0.16mm dan kichik donalar va yuvilgan qo‘shimchalar nisbatiga katta talab
qo‘yiladi. Boyitilgan uzunlik donadorlik tarkibiga asosiy mayda va ayrim qum
bo‘yicha talab qilinadi
Dostları ilə paylaş: |